OCHL. Pley-off ikkinchi bosqich. G'arbda uchta o'yin bo'lib o'tdi
11 fev 2015 07:51
Yangiliklar

OCHL. Pley-off ikkinchi bosqich. G'arbda uchta o'yin bo'lib o'tdi
Osiyo chempionlar ligasi G'arb mintaqasida pley-off ikkinchi bosqichidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tdi.
Kecha SHarq mintaqasidagi o'yinlar haqida alohida xabar bergan edik.
G'arb mintaqasida o'tgan o'yinlar ancha qiziqarli kechdi.
Hamyurtimiz Ivan Nagaev to'p tepayotgan Quvaytning "Al Qodsiya" klubi o'z maydonida Iordaniyaning "Al Vihdat" klubini taslim qildi - 1:0. Endi "Al Qodsiya" keyingi bosqichda Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi bilan bellashadi.
Qatarning "Al Jayish" klubi o'z uyida Umonning "Al Nahda" klubining jiddiy qarshiligiga uchradi. Dastlab ummonliklar hisobni ochishdi. Qatar klubi bunga 78 va 90+2-daqiqada urilgan gollar bilan javob berdi - 2:1.
Nihoyat "Al Sadd" (Qatar) va "Riffa" (Bahrayn) o'rtasidagi o'yinning asosiy va qo'shimcha taymlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa mezbonlar omadliroq chiqishdi - 11:10.
G'arb mintaqasi
Pley-off ikkinchi bosqich
10 fevral
"Al Jayish" (Qatar) - "Al Nahda" (Ummon) 2:1
Gollar: Vagner Ribeyro 78, Romarino 90+2 - Voullani 4.
"Al Qodsiya" (Quvayt) - "Al Vihdat" (Iordaniya) 1:0
Gol: Dhari Said 59.
"Al Sadd" (Qatar) - "Riffa" (Bahrayn) 0:0 (penaltilar seriyasi 11:10)
Pley-off uchinchi bosqich
17 fevral
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Qodsiya" (Quvayt)
"Naft Tehron" (Eron) - "Al Jayish" (Qatar)
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Jazira" (BAA)
"Al Vahda" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar)

Fikrlar