So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

OCHL. Kim Dong Jin va Piter Grin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli? Yangiliklar

OCHL. Kim Dong Jin va Piter Grin jamoalarimiz uchun qanchalik omadli?

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi, 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi. "Bunyokdor" va "Paxtakor" klublari ishtirokidagi o'yinni Kim Dong Jin va Piter Grin boshqarib borishadi.
Ushbu hakamlar haqida malumot berishga qaror qildik.

BUNYODKOR – PERSEPOLIS
Bosh hakam:
Kim Dong Jin (Janubiy Koreya)
1973 yilda tug'ilgan ushbu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi 9ta o'yinda ishlagan. 6tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, bir uchrashuvda durang qayd etilgan. Kim Dong Jin boshqargan ikkita uchrashuvda jamoalarimiz imkoniyatni boy berishgan.

Kim Dong Jin boshqargan o'yinlarni eslab o'tamiz: JCH-2010 saralashi doirasidagi Singapurga qarshi Toshkentdagi o'yinda terma jamoamiz 1:0 hisobida zafar quchgandi. 2012 yilgi Olimpiada saralashida Toshkentda Iroq olimpiyachilari 2:0 hisobida taslim qilingan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" Saudiya Arabistonida "Al Hilol" mehmoni bo'lgan va 0:2 hisobida yutqazib qo'ygan. CHorak finalda "Al Ittihod"ga imkoniyat boy berilgan - 0:4.

OCHL-2008 guruh bosqichida "Bunyodkor" Suriyada "Al Ittihod" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchgan. 2009 yilgi OCHLda "Bunyodkor" 1/8 finalda "Persepolis"ni Eronda 1:0 hisobida taslim qilgan. Keyingi yil guruh bosqichida "qaldirg'ochlar" Toshkentda BAAning "Al Vahda" klubini 4:1 hisobida mag'lub etishgan. Nihoyat o'tgan yil "Bunyodkor" Saudiya Arabistonida "Al Fath" bilan durang o'ynagan - 0:0.

Aynan shu hakam 2011 yilgi OFK kubogi finalida ishlagan. Qarshida o'tgan bahsda "Nasaf" "Quvayt SK"ni 2:1 hisobida mag'lub etgani barchaning yodida.


AL SHABAB - PAXTAKOR
Bosh hakam:
Piter Grin (Avstraliya)
Bu hakam 1978 yilda tug'ilgan va xalqaro faoliyatini 2006 yilda boshlagan. Grin jamoalarimiz ishtirokidagi 6ta uchrashuvda bosh hakam bo'lgan. Bu o'yinlarning 4tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan, ikki uchrashuvda yutqazishgan.

Piter Grin boshqargan o'yinlar: 2008 yil o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati guruh bosqichida Bahrayn o'smirlari 2:1 hisobida mag'lub etilgan. JCH-2014 saralashi doirasida Toshkentda Qatar terma jamoasi 5:1 hisobida tor-mor etilgan.

OCHL-2009 guruh bosqichida "Paxtakor" o'z maydonida Eronning "Saba Bateri" klubini 2:1 hisobida mag'lub etgan. 2011 yilgi mavsum guruh bosqichida "sherlar" Saudiya Arabistoniga "Al Nasr"ga yirik hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishgan - 0:4.

2009 yil Osiyo chempionlar ligasi ilk turida "Bunyodkor" Toshkentda "Al Ittifoq"ni qabul qilib 2:1 hisobida zafar quchgandi.

2012 yil OCHL guruh bosqichida Qarshining "Nasaf" klubi BAAda "Al Jazira"ga qarshi o'ynab yirik hisobda mag'lub bo'lgan - 1:4.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика