So’nggi yangiliklar

15:00ПСЖ Санчо бўйича таклиф билан чиқди  1 14:37"Навбаҳор" Александр Лобанов билан хайрлашди  13 14:11Меринонинг келажаги яқин орада ҳал бўлади  2 13:47"Барселона" Фати билан хайрлашмоқчи эмас  3 13:23"Арсенал"нинг икки ҳимоячиси мавсумолди тайёргарликни ўтказиб юборади  1 12:58Расман: "Арсенал" "Аякс" дарвозабони билан шартнома имзолади  1 12:33"Сурхон" назорат ўйинида "Олимпик"дан устун келди  4 12:10"Манчестер Юнайтед" 26 ўйинда 32 та гол урган "Арсенал" ёш футболчисига қизиқмоқда  2 11:46Эшитдик-да! "Навбаҳор" қизиқаётган футболчига "Насаф" ҳам таклиф билан чиқди  19 11:30Хорватия термаси ҳимоячиси миллий жамоадаги фаолиятини якунлади  1 11:10Париж-2024. Рекордлар ва статистика  5 10:59«Барселона» Европа чемпионларининг трансфери учун катта таваккал қилади  9 10:32Месси «Интер Майами» сафида нечта ўйин ўтказиб юбориши маълум  11 10:04Ўзбекистонлик яна бир футболчи легионерга айланди  13 09:25«Нефтчи» Азизбек Амонов билан неча йиллик шартнома тузгани маълум  7

OCHL-2022. Bir hafta ichida "Paxtakor"ning uchala raqibida yangi murabbiylar ish boshladi Yangiliklar

OCHL-2022. Bir hafta ichida "Paxtakor"ning uchala raqibida yangi murabbiylar ish boshladi

7 aprel kuni "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasidagi o'z yurishini boshlaydi.

O'zbekiston chempioni "Sepaxon" (Eron), "Al Duhail" (Qatar) va "Al Al Taavon" (Saudiya Arabistoni) klublariga qarshi kurash olib boradi.

Qiziqarli tomoni shundaki oxirgi bir hafta ichida har uchala raqib murabbiylar shtabida yangi mutaxassislar ish boshladi.

Kecha, 4 aprel kuni "Al Taavon"ning portugaliyalik bosh murabbiyi Xose Manuel Gomesning o'rnini niderlandiyalik 55 yoshli Jon Van Der Brom egalladi. Van Der Brom murabbiy sifatida "Anderlext" bilan birga Belgiya chempioni va Superkubogi sohibi bo'lgan. "Genk" ustozi sifatida Belgiya kubogini qo'lga kiritgan. U 2021 yilning dekabr oyida "Genk"dan ketganidan keyin ishsiz yurgandi. Faoliyati davomida "Den Xaag", "Vitess", "AZ Alkmaar", "Utrext" (barchasi Niderlandiya), "Anderlext" va "Genk" (ikkalasi Belgiya) klublarini boshqargan.




25 mart kuni "Al Duhail" bosh murabbiyi portugaliyalik Luis Kastroning o'rnini argentinalik mashhur futbolchi Ernan Krespo egalladi. Krespo murabbiylik faoliyati davomida "Modena" (Italiya), "Banfild", "Defensa Xustisiya" (ikkalasi Argentina), "San Paulu" (Braziliya) kabi klublarni boshqardi. "Defensa" bilan 2020 yilda "Copa Sudamericana" musobaqasida g'olib bo'ldi, 2021 yilda "San Paulu" bilan Paulista chempionati oltin medallarini qo'lga kiritdi.




28 mart kuni "Sepaxon" murabbiylar shtabida yangi portugaliyalik mutaxassis Luis Martines ish boshladi. U bosh murabbiy Muhammad Navidkiyaga yordam beradi. Luis Martines faoliyati davomida "Sporting", "Portimonense", "Braga" (barchasi Portugaliya), "Tottenxem" (Angliya), "Zenit" (Rossiya), "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalarida turli lavozimlarda ishlagan.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" 7 aprel kuni 1-tur doirasida "Sepaxon"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:15da boshlanadi.



Pakhtakor Tashkent

Dragan Ceran - 28'

AFC Champions League Grp. D . 1-tur

07/04/2022, 22:15

3
:
1
Tugadi

Sepahan

Shahriar Moghanlou - 49', Shahriar Moghanlou - 55', Mohammad Reza Hosseini - 70'

45'
90'
28'  Dragan Ceran
28'  Khozhimat Erkinov
64'  Kamen Hadzhiev
65'  Ikrom Alibaev (Sardor Rashidov)
76'  Azizbek Turgunbaev (Mirzhakhon Mirakhmadov)
88'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
25'  Shahriar Moghanlou
33'  Soroush Rafiei
34'  Mohammad Karimi
49'  Shahriar Moghanlou
49'  Farshad Ahmadzadeh
55'  Shahriar Moghanlou
55'  Mohammad Nejadmahdi
70'  Mohammad Reza Hosseini
70'  Danial Esmaeilifar
76'  Soroush Rafiei (Masoud Rigi)
87'  Sajjad Shahbazzadeh (Milad Jahani)
87'  Farshad Ahmadzadeh (Jalalaldin Ali Mohammadi)
90'  Mohammad Reza Hosseini (Reza Mirzaei)






Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика