"Nyukasl" "Arsenal" yarim himoyachisini ijaraga oldi
02 fev 2021 12:37
Yangiliklar


"Nyukasl" "Arsenal" yarim himoyachisini ijaraga oldi
"Arsenal" yarim himoyachisi Jozef Uillok faoliyatini "Nyukasl"da davom ettiradi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. 21 yoshli angliyalik futbolchining ijara shartnomasi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Uillok joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Uillok 2019 yildan beri Angliyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
22:04
APL. "Arsenal" kutilmaganda o'z maydonida mag'lub bo'ldi, "Tottenxem" esa mehmonda 4ta gol urdi 25

Fikrlar