So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  0 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

No'mon Hasanov: “Oltita o'yinning beshtasini safarda o'tkazish oson emas” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Oltita o'yinning beshtasini safarda o'tkazish oson emas”

AGMK –“Qo'qon-1912” (0:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi No'mon Hasanov va jamoa sardori Nosir Otaqo'zievlar ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: – Superligadagi har bir o'yin og'ir bo'ladi. Buni hammamiz yaxshi tushunib turibmiz. Jumladan, bugungi bahs ham bundan mustasno emas. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Bugun raqibga nisbatan bizga qiyinroq edi, chunki biz safardagi beshinchi o'yinni o'tkazdik. Bugun yo'qotishlarimiz bor edi. Bahodir Pardaev va Murod Xolmuhammedovlar o'yinni o'tkazib yuborishdi. SHogirdlarimdan ko'proq bir-birlariga qisqa pas berishlarini so'ragan edim. Birinchi bo'limning 25 daqiqasida men kutgan o'yinni namoyish eta olishdi. Keyin esa biroz boshqacha to'p surishdi. Futbolchilarimizni ham to'g'ri tushunaman. Oltita o'yinning beshtasini safarda o'tkazish oson emas. SHunday bo'lsa-da, sakkiz ochko olishga erishdik. Bu yomon natija emas. AGMKda ham yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Bugun omadimiz keldi. Safardan bir ochko bilan qaytish bu yaxshi natija.
Bugun bizni qo'llab-quvvatlagani Qo'qondan ko'plab muxlislar tashrif buyurishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. AGMKga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Nosir Otaqo'ziev: - CHindan ham bugungi bahs ancha og'ir kechdi. AGMK yaxshi shakllangan jamoa ekanligini bilardik. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. Mehnatlarimiz zoe ketmadi. AGMKga keyingi bahslarda omad tilab qolaman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика