So’nggi yangiliklar

13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  3 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  2 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  9 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  8 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  5 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  1 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  6 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  9

Nikolay Valuev o'zbek boksidagi o'zgarishlar haqida izoh berdi Yangiliklar

Nikolay Valuev o'zbek boksidagi o'zgarishlar haqida izoh berdi

Bir necha kun avval O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov Kuba boks maktabi asoschisi bo'lgan Boks federaciyasining yangi maslahatchisini jamoatchilikka taqdim etgan edi.

O'tgan haftada Karlos Vilyanueva ishchi guruh boshchiligida respublika hududlariga tanishuv safari bilan borgan edi.

Kubalik mutaxassis boks bo'yicha sport maktablari va sport-talim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarga etibor beradi. Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida trenerlar ishtirokida dolzarb masalalar muhokama qilingan holda rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Saken Polatov yangi maslahatchi faoliyatini sharhlar ekan, shunday dedi: «Nazarimda, Karlos juda mutanosib strategiyaga ega. Joylarda uzluksiz va bazan muntazam ishlamasdan turib, boksning barqaror rivojlanishiga erishishning iloji yo'q. Ha, O'zbekiston boksning eng kuchli davlatlari qatorida munosib o'rin egallaydi, ammo bu eng yirik natija, deb kim aytadi? Ishonchim komilki, yangi mutaxassisimiz natijalarni sezilarli darajada oshirishga yordam beradi».

Har uchala viloyatda Boks federaciyasi delegaciyasi yosh sportchilar bilan uchrashuvlar o'tkazdi va Karlos Vilyanueva murabbiylar shtabiga tavsiyalar berib, ishni tashkil etish bo'yicha o'z qarashlarini taqdim etib, bo'lajak chempionlarni tayyorlashning yangi usullarini bilan bo'lishdi.

Rossiyalik sportchi va siyosatchi Nikolay Valuev ichki boksni isloh qilish borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi: «O'zbekistonlik hamkasblarimni tabriklayman. Ofarin, to'g'ri ish qilindi, Kuba maktabi sovet maktabidan chiqqan. O'zbekiston haqida gapiradigan bo'lsak, ularning bokschilari xalqaro musobaqalarda yuqori saviyada natijalar ko'rsatishmoqda. Ayni damda, har qanday sport turi tizimga muhtoj, do'stlarimiz ham shunday yo'ldan borayotgani quvonarli. Jismoniy madaniyat asoslarini tom manoda bolalar bog'chasidan joriy etish lozim, lekin ko'proq darajada, albatta, o'rta ixtisoslik bosqichidan boshlab, Rossiyada bu tizim qisman tark etilgan, ammo uning bazi elementlari hozirda tiklanmoqda.

Bu borada mamlakat rahbariyatining o'rni katta, deb o'ylayman. Bu sport tizimini, jumladan, maktab talimi darajasida rivojlanishini rag'batlantirishning yagona yo'li. Faqat bu holatda, natija uchun qayg'uradigan ishtiyoqli odamlar malum bir sport turining boshida turishi sharti bilan tizim izchil va samarali bo'ladi. O'ylaymanki, O'zbekistonda hammasi bir vaqtga to'g'ri keldi».

Eslatib o'tamiz, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O'zbekistonda bokschilarni tayyorlashning Milliy standarti ishlab chiqilib, uni O'smirlar sport maktabi, boks maktablari va olimpiya zaxiralari kollejlarida joriy etish rejalashtirilgan. Bu yangi yulduzlar nomlarini kashf qilish yo'lidagi samarali tanlov uchun qo'shimcha turtki beradi.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика