Kerni Chukvuemeki faoliyatini Bundesligada davom ettiradi
25 avg 2025 10:43
Yangiliklar
Kerni Chukvuemeki faoliyatini Bundesligada davom ettiradi
"Chelsi" yarim himoyachisi Kerni Chukvuemeki faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.
London klubi futbolchini "Borussiya D"ga sotishga rozi bo'ldi. Transfer narxi 25 million evroni tashkil qiladi. Futbolchining o'zi esa jamoa bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Kerni Chukvuemeki bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va yaqin kunlar ichida transfer rasman elon qilinadi.
Malumot uchun, "Chelsi" Kerni Chukvuemekini 2022 yilda "Aston Villa"dan sotib olgandi. Futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Borussiya"da o'tkazdi. U nemis klubi safida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Бенфика" дарвозабони 98-дақиқада гол уриб, "Реал"га ҳам, ўз жамоасига ҳам плей-оффни "кафолатлади"
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
ЕЧЛ. Кейинги босқичга чиққан барча жамоалар номи маълум
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлиб ўтди (тўлиқ тақвим)
Fikrlar