Niderlandiyalik murabbiy Ten Xagga yordamchi bo'lishni istamadi
09 may 2022 19:59
Yangiliklar
Niderlandiyalik murabbiy Ten Xagga yordamchi bo'lishni istamadi
Niderlandiyalik murabbiy Fred Ryutten joriy mavsum yakunida Erik Ten Xagga "Manchester Yunayted"da yordamchi sifatida qo'shilish taklifini rad etdi.
Avvalroq “Tvente”, “SHalke-04”, “PSV Eyndxoven”, “Vitess” va “Feyenoord” klublarida ishlagan 59 yoshli mutaxassis o'z vatanida qolishni, u erda Rud van Nistelroyning yordamchisi sifatida PSVga qaytishni rejalashtirmoqda. Ryutten bu qarorga oilaviy sharoitni sabab qilib ko'rsatdi.
"Erik ten Xag mendan "Manchester Yunayted"da yordamchi bo'lishimni so'ragandi, lekin men rad etdim. Har bir inson hayotda tanlov huquqiga ega. Mening oilam bor, ko'rishni istaydigan nevaralarim bor. O'zga shaharda o'zimni noqulay his qilardim" - deydi Ryutten.
Fikrlar