Niderlandiya termasi darvozaboni: "Biz 0:2 hisobidan so'ng o'zimizga kelganimiz va o'yinni penaltilar seriyasigacha olib borganimiz bilan faxrlanamiz"
10 dek 2022 14:06
Yangiliklar
Niderlandiya termasi darvozaboni: "Biz 0:2 hisobidan so'ng o'zimizga kelganimiz va o'yinni penaltilar seriyasigacha olib borganimiz bilan faxrlanamiz"
"Men o'zimni qanday his qilyapman? Yomon. Biz oldinga borishni xohladik, maqsadimizga juda yaqin edik. Lekin bu ish bermadi.
Boshqa tomondan, men jamoa va murabbiy bilan g'ururlanaman. Mamlakatda menga ishongan, meni qo'llab-quvvatlagan insonlar bilan faxrlanaman. Stadiondagi muxlislar ajoyib edi. Menga atmosfera yoqdi. Hamma ko'rdi.
Ikkinchi taym yanada qiziqarli o'tdi. O'yinimizda nimanidir o'zgartirdik. Birinchi bo'lim yomonroq o'tdi.0:2 hisobidan so'ng o'zimizga kelganimiz va o'yinni penaltilar seriyasigacha olib borganimiz bilan faxrlansak bo'ladi.
Argentina bilan dastlab omadimiz kelmadi, demayman. O'yindan oldin bu uchrashuvda g'alaba qozonishimizga ishongandik. Endi ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu o'yinda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlarimiz borligini aytishim mumkin. Biroq penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik", – dedi niderlandiyalik darvozabon.
Fikrlar