"Finalissima-2026": Ispaniya va Argentina o'rtasidagi superoqshom mart oyida bo'lib o'tadi
19 iyu 08:00
Yangiliklar


"Finalissima-2026": Ispaniya va Argentina o'rtasidagi superoqshom mart oyida bo'lib o'tadi
Super uchrashuvning sanasi deyarli malum.
Evro-2024 g'olibi Ispaniya va Amerika Kubogi-2024 sohibi Argentina terma jamoalari o'rtasidagi "Finalissima" bahsi 2026 yil mart oyida bo'lib o'tishi tasdiqlandi. Bu haqda mashhur jurnalist Gaston Edul ijtimoiy tarmoq X (ilgari Twitter) orqali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ushbu o'yin 17–25 mart orasida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Aniq sana keyinroq malum qilinadi. Hozircha bahsning qaerda bo'lib o'tishi malum emas.
Eslatib o'tamiz, ilk Finalissima 2022 yilda o'tkazilgan bo'lib, unda Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan edi va birinchi chempion sifatida tarixga kirgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar