So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  11 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  12 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  11 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  4 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  16 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   11 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

“Neftgazmontaj” jamoasi moliyaviy muammolar sabab Birinchi ligadan chiqishga qaror qildi Yangiliklar

“Neftgazmontaj” jamoasi moliyaviy muammolar sabab Birinchi ligadan chiqishga qaror qildi

Toshkentning “Neftgazmontaj” futbol jamoasi Birinchi ligadagi faoliyatini to'xtatdi.

Klub bu haqda 18 may kuni rasman murojaat qildi. 

Bunga sabab sifatida moliyaviy muammolar ko'rsatildi. Jamoaning safar uchrashuvlari hamda o'yinlarni tashkil etish bilan bog'liq harajatlarga mablag' mavjud emas. 

“Neftgazmontaj” birinchilikning 6-turidan o'rin olgan “Andijon II” jamoasiga qarshi safar o'yinida qatnasha olmagan va texnik mag'lubiyatga loyiq ko'rilgandi.

Malumot uchun, “Neftgazmontaj” futbol jamoasi Neftgazmontaj MCHJ tarkibidagi tuzilma sifatida 2021 yilgi mavsumda O'zPFL ro'yxatidan o'tkazilgandi. Ustavdan kelib chiqib, qatnashchi Birinchi liga musobaqasidan chetlashtirilsa, u shuningdek liga qatnashchilari safidan ham chiqariladi.

“2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 6.9-bandi asosida “Neftgazmontaj” jamoasining joriy mavsumdagi barcha natijalari bekor qilinadi va turnir jadvali shu asosda qayta shakllantiriladi. Jamoa futbolchilari boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolasa, mazkur shartnomalar O'zPFL ro'yxatidan transfer oynasiga qadar ham o'tkazib beriladi. Biroq futbolchilar licenziyasi transfer oynasi ochiladigan 4 iyul sanasidan boshlab beriladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика