“Neftchi” yig'inni boshladi
02 iyu 2014 20:17
Yangiliklar
Rejaga ko'ra futbolchilar 2 iyul kuni tushlikdan so'ng, klub qarorgohida yig'ildi. SHundan so'ng jamoa Vodil so'lim go'shasiga yo'l oldi. Ikkinchi davraga tayyorgarlikning birinchi qismi aynan ushbu Vodildagi bazada o'tadi. U erda ikki hafta mobaynida mashg'ulot o'tkazilgach, yig'inning ikkinchi qismi Toshkentga ko'chadi. Poytaxtda mashg'ulot o'tkazish bilan birga, sinov-nazorat o'yinlari ham tashkil etiladi. Sparring raqiblar xususida keyinroq to'xtalib o'tamiz.
Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, birinchi davrani “Neftchi”da o'tkazgan rossiyalik futbolchi Levani Gvazava kelgusi faoliyatini boshqa jamoada o'tkazadigan bo'ldi. SHuningdek hujumchi Zohid Abdullaev va yarim himoyachi Maruf Murodov ham jamoa bilan xayrlashdi. Mazkur ikki futbolchi birinchi davrada kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Legioner o'yinchi Gvazava esa jarohati sababli ko'p uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmadi. SHu bois jamoamiz ushbu futbolchilar ham bilan o'zaro kelishgan xolda, munosib ravishda xayrlashdi va ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz.
Bundan tashqari mazkur yig'in davomida yana ayrim futbolchilar bilan ham xayrlashish rejaga kiritilgan. Ularning aynan kim ekanligi haqida keyinroq malumot berib o'tamiz.
Yo'qotishlar o'rnini to'ldirish maqsadida “Neftchi” futbol klubi rahbariyati ayni damda bir qator mahoratli futbolchilar bilan muzokara o'tkazmoqda. Jamoamiz uchun begona bo'lmagan, mahalliy o'yinchilarni ortga qaytarish uchun ishlar olib borilmoqda.
Fikrlar