Bunyodkorning uchta jamoasiga yangi bosh murabbiylar tayinlandi
13 jan 08:15
Yangiliklar
Bunyodkorning uchta jamoasiga yangi bosh murabbiylar tayinlandi
Qaldirg'ochlar rahbariyati yangi mavsum oldidan bir nechta yosh toifasida murabbiylarni o'zgartirdi.
«Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan va boshlayotgan uch jamoamizning murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi. 2024 yilgi mavsumni «Bunyodkor-2» bilan ko'tarinki ruhda o'tkazgan Anvar Rahimov bir yillik tanaffusdan so'ng yana o'rinbosarlarimizga — «Bunyodkor» U-21ga ustozlik qiladi. Rahimovning bo'shab qolgan o'rni Superliga klublarida faoliyat olib borgan Denis Korostichenkoga ishonib topshirildi. «Bunyodkor» U-19 jamoasini yangi mavsumga Hikmat Hoshimov tayyorlaydi. Anvar Rahimov o'rinbosarlarimiz bilan tayyorgarlikni boshlagan bo'lsa, Denis Korostichenko va Hikmat Hoshimov bugundan mashg'ulotlarga kirishadi», — deyilgan «Bunyodkor» rasmiy kanalida.
Fikrlar