So’nggi yangiliklar

23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  4 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  1 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  6 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0

"Neftchi" bilan hali shartnoma imzolamadim, lekin men shu erdaman" - Oliver SHarkich jamoadagi taqdiri, "Paxtakor" va CHeran haqida Yangiliklar

"Neftchi" bilan hali shartnoma imzolamadim, lekin men shu erdaman" - Oliver SHarkich jamoadagi taqdiri, "Paxtakor" va CHeran haqida

Oradagi kichik tanaffusdan so'ng "Neftchi" Turkiyadagi yig'inni davom ettirmoqda.

Bugun tushlikdan so'ng jamoa azolari mashg'ulotni yashil maydonda olib bordi. Yig'inning boshida jamoaga kelib qo'shilgan Oliver SHarkich hamon shu erda bo'lib turibdi. Uning "Neftchi"dagi taqdiri qanday bo'ladi? Jamoada qoladimi? SHu va boshqa savollar bilan SHarkichga yuzlandik. 

- "Neftchida"siz va jamoa bilan mavsumga tayyorgarlik jarayonini o'tayapsiz... 

- Bu haqida keyinroq gaplashganimiz maqul, deb o'ylayman.  CHunki, hali xam rasmiy shartnomaga imzo qo'ymadim, klub tomonidan hujjatlar tayyorlanyapti. SHu sabab hali rasmiy kelishuvga erishmadik, lekin men hozir jamoadaman.

- Yangi jamoangiz haqida taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Jamoa yaxshi, sheriklarim ham ajoyib, menga hammasi yoqyapti.

- Siz o'tgan mavsum "Paxtakor"da o'ynadingiz, mavsum so'ngida esa "Paxtakor" chempionlikka erishdi...

- Men o'tgan mavsumning yarimini "Paxtakor"da o'tkazdim. Afsuski,  iyun oyida esa jarohat oldim. Men u erda yoqimli damlarni o'tkazdim. Jamoadoshlarim bilan ancha yaxshi chiqishib ketgandim, ular xam meni yoqtirib qolishgan edi. Lekin Maksim SHackix o'z qarorini qabul qilib bo'lgandi. Biz bir-birimizni yaxshi tushuna olmadik, shu sabab eng to'g'ri qaror shartnomani bekor qilish edi. Do'stlarim uchun xursandman ular chempion bo'lishgani meni quvontiradi.

- CHeran bilan yaxshi do'st bo'lib qolgan edingiz. Maydonda o'zaro tushunishingiz ham yomon emasdi...

- Ha, CHeran bilan yaxshi do'stmiz, hali hamon u bilan aloqadaman. U menga yangi davlatga ko'nikishimga katta yordam berdi. Ko'p narsani tarjima qilib yordamlashardi. 

- Yangi mavsumni "Neftchi"da boshlashingiz qanchalik aniq?

- Hali aniq emas to'g'risi. Ammo xech narsani inkor qilib bo'lmaydi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика