So’nggi yangiliklar

07:30"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0 (Матнли трансляция)  10 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

Neboysya Yovovich: "Tablodagi hisob juda uyatli" Yangiliklar

Neboysya Yovovich: "Tablodagi hisob juda uyatli"

OCHL pley-off doirasidagi "Nasaf" - "Al Faysali" (5:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Neboysya Yovovich ishtirok etdi.

- Bu kabi o'yindan keyin gapirish oson emas. Hisob juda uyatli bo'ldi. Tablodagi 5:1 hisobi biz uchun juda og'ir zarba. "Nasaf"ni esa ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Ular bugun haqli ravishda muvaffaqiyat qozonishdi.

Ob-havo yoki boshqa sabablarni bahona qilmoqchi emasman. Biz raqib bilan bir xil sharoitda o'ynadik. Gollarni dastlabki ikkatasi standart vaziyatidan keyin kiritildi. Uchinchi gol esa fantastik tarzda bo'ldi. Keyin penalti va avtogol. Demak biz o'tkazib yuborilgan gollarda qaerdadir xatoga yo'l qo'ydik. Lekin shuni aytishim mumkinki, biz bu kabi sharmandali tarzda yutqazishga loyiq emasdik. "Nasaf" esa g'alabaga munosib o'ynadi va haqli tarzda OCHL guruh bosqichiga yo'l chiqdi. Yana qaytarib o'taman, har bir o'tkazib yuborilgan gollar alohida vaziyat.


"Nasaf" ajoyib jamoa. Bejizga bu jamoa O'zbekistonning sovrindori hisoblanmaydi. Qarshiliklar sifatli tarkib yig'ishga muvaffaq bo'lishgan. Dragan CHeran ajoyib hujumchi, haqiqiy to'purar. SHuningdek, bu jamoa safiga kuni kecha to'rt nafar Osiyo chempionlari kelib qo'shilishdi.

SHuni qayd etib o'tish kerakki, o'z vaqtida "Nasaf"da o'ynagan Ivan Boshkovich hamda Dragan CHeran meni qo'l ostimda harakat qilgan. SHu boisdan ham bu jamoa haqida kerakli malumotlarga egaman.

Reyting: +90   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика