So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

"Navbahor"ning 11 futbolchisida koronavirus aniqlandi. Klub yoshlar jamoasi bilan bo'lsa ham AGMKga qarshi o'ynamoqchi. Diyor Imomxo'jaev nima deydi? Yangiliklar

"Navbahor"ning 11 futbolchisida koronavirus aniqlandi. Klub yoshlar jamoasi bilan bo'lsa ham AGMKga qarshi o'ynamoqchi. Diyor Imomxo'jaev nima deydi?

Namanganning "Navbahor" klubining bir qator futbolchilaridan koronavirus infekciyasi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

«Navbahor»ning 11 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi

«Mashal»ga qarshi o'yindan so'ng «Navbahor» futbolchilari koronavirusga test topshirishgan. Natijada jamoaning 11 nafar futbolchisida virus aniqlangan. 4 oydan beri Namanganda sog'lom yurgan «Navbahor» futbolchilari markazlashgan chempionat sabab, virus yuqtirib olishdi. Bunga endi kim javob beradi?", - deb yoziladi klub muxlislar klubi telegram kanalida.

SHundan keyin «Navbahor» muxlisi Farhod Umaraliev quyidagi postni joyladi:

«Navbahor»ning 11 nafar futbolchisida koronavirus aniqlanganini eshitgan ko'plab muxlislar shok holatiga tushib qolishdi. Bizning kanalimizdan ushbu xabar chiqdi. Boshqa adminlar kanalga chiqarishgan ekan. O'zim ham xabarni kanaldan ko'rib, darhol rahbariyat bilan bog'landim va mazkur xabar rost ekanligini tasdiqlashdi. Ertangi o'yin o'tkazilishini yoki o'tkazilmasligi borasidagi savolimga Biz kerak bo'lsa, yoshlar jamoamiz bilan AGMKga qarshi bahsni o'tkazamiz. PFL reglamentini buzmoqchi emasmiz, lekin so'nggi qarorni PFL qabul qiladi deb javob berishdi.

Nahotki PFL ertangi o'yin o'tkazilishiga ruxsat beradimi? «Navbahor» jamoamiz «Surxon» bilan o'yin o'tkazish uchun Namangandan Toshkentga boradi va ruxsat berilmagani uchun yana Namanganga qaytib keladi. PFL har tomonlama adolatli qaror chiqaradi deb umid qilaman.

SHu o'rindi rahbariyat aytgan gaplari menga juda o'zgacha tasir qilganini takidlab o'tishim joiz. Albatta yaxshi tomondan. Ushbu gaplarni eshitgach, biz uchun «Navbahor» chempion bo'lgandek bo'ldi. Jamoam bilan faxrlanib ketdim. Agar ertaga yoshlar jamoamiz bilan o'yin o'tkazilsa, yigitlar bo'sh kelmang, butun Namangan sizlarni qo'llab-quvvatlaydi. Xudo xohlasa, muxlislarga ijobiy natijani tuxfa etasizlar. Biz «Navbahor» bilan faxrlanamiz", - deb yozadi Farhod Umaraliev o'z kanalida.

Bu orada PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Diyor Imomxo'jaevning telegram kanalida quyidagi post chiqdi:

"Superliga dastlabki 3 turdan keyin to'xtagandi.

SHu bilan musobaqa iyun oyi o'rtasida SES bilan kelishilgan yo'riqnoma asosida qayta tiklandi. Barcha karantin qoidalariga rioya qildi. Biroq mamlakatdagi murakkab holat futbolni ham chetlab o'tmadi. Oqibatda liga 9-turdan keyin yana to'xtadi.

Musobaqa bu safar yo'riqnoma emas, uning asosida ishlab chiqilgan reglament asosida o'tishi klublarga rasman malum qilindi. Bunda o'yinlar qanday holatlarda to'xtalishi aniq ko'rsatilgan. Murabbiylar, klublar rahbarlari uning talablarini qabul qilgan. Xususan, Navbahor vakili barchaga murojaat bilan chiqib, 11 futbolchi qolsa ham, musobaqani davom ettirishga chaqirgan. Reglament bo'yicha klubning 18 sog'lom vakili bor vaqtda uchrashuvlar davom etadi. Qayd etish kerak, har bir klub eng kamida 40 nafardan futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan.

Malumot uchun, Bunyodkor stadionidagi yig'ilish 3 avgust kuni bo'lib o'tgan. Unda O'zPFL musobaqalarni davom ettirish uchun 2 xil variant taklif etgan. Klublar esa o'zaro kelishib, markazlashgan musobaqa variantida to'xtalgan. O'yinlar vaqtining tig'iz ekani, samolyot va poezdlar qatnovi to'xtatilgani bois klublar shunday qarorga kelgan. Maxsus komissiyaning karantin talablarini yumshatish borasidagi bayonoti esa 12 avgust sanasida elon qilindi, hududlararo avtotransport qatnoviga esa 17 avgustdan ruxsat etildi.

Sir emaski, biror musobaqaga tayyorgarlik kamida ikki-uch hafta oldin ko'riladi. 12 avgustga qadar karantin yumshaydimi yoki yo'q – hech kim bilmasdi. Har 3-4 kun oralig'idagi o'yinlarni esa yumshatilgan tartibsiz uy-safar tizimida o'tkazish barchaga qiyinchilik tug'dirardi.

Markazlashgan o'yinlar uchun nima sababdan Toshkent va uning viloyati loyiq ko'rilgani avvalroq to'liq tushuntirib berilgan, malumotni shu kanalning o'zidan ham topishingiz mumkin", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev o'z kanalida. 


Eslatib o'tamiz, AGMK - "Navbahor" uchrashuvi 25 avgust kuni soat 19:00da "Lokomotiv" stadionida boshlanishi lozim.

Reyting: -31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика