Serbiyalik murabbiy "Navbahor"dan nima uchun ketgani malum bo'ldi
01 avg 2021 10:37
Yangiliklar
Serbiyalik murabbiy "Navbahor"dan nima uchun ketgani malum bo'ldi
Kecha Namanganning "Navbahor" klubining serbiyalik murabbiyi Aleksandr Galich jamoadan ketgani haqida xabar bergandik.
Olingan malumotlarga ko'ra, Galich BAAning "Emireyts" klubida ish boshlaydi. Murabbiy o'tgan kuni Dubay shahriga etib borgan.
Malumot uchun, Galich “Lokomotiv” hamda “CHanchun Yatay” jamoalarida ayni paytda “Navbahor”da maslahatchi-murabbiy sifatida ishlayotgan Samvel Babayan bilan birga faoliyat yuritgan.
Aleksandr Galich "Navbahor"da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish olib borishi kutilgandi.
Fikrlar