So’nggi yangiliklar

00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  0 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  126 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   8 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin - O'FA Yangiliklar

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin - O'FA

O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasi qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilindi.

"Qo'mita qarorlariga muvofiq, klublarga qarzdorliklarni muddat belgilab, to'liq bartaraf etish majburiyati yuklatilgan.

Bunda, “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqo'rg'on-1977”, “TerDU” futbol klublari qo'mita qarorlarida belgilangan majburiyatlarni to'liq bajarmasdan kelayotgani aniqlandi.

Jumladan, “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchilar Jamshid Iskanderov, Ibrohim Yo'ldoshev, Diyorjon Turopov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Shahzodbek Ubaydullaev, shuningdek murabbiy Muhiddin Ortiqov oldidagi qarzdorlikni to'liq bartaraf etmagan. “Neftchi” futbol klubi esa futbolchilar Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov, Shohruh Gadoev oldidagi majburiyatni to'liq bajarmagan.

Shuningdek, “Andijon” klubining “Paxtakor” va “Bunyodkor” futbol klubi oldidagi mashg'ulot kompensaciyasi hamda transfer shartnomalari bo'yicha qarzdorligi mavjud. “Xorazm” va “Buxoro” futbol klublari ham “Paxtakor” futbol klubi oldidagi mashg'ulot kompensaciyasi bo'yicha qarzdorligini bartaraf etmagan.

Bundan tashqari, “Qumqo'rg'on-1977” futbol klubi futbolchi Orzu Razzoqov oldidagi, “TerDU” futbol klubi futbolchilar Sarvar Husanov va Farrux Haydarovlar oldidagi qarzdorliklar bo'yicha moliyaviy majburiyatlarini bajarmay kelmoqdalar.

Takidlash joizki, qarzdorlik to'lanmaganligi sababli, qo'mita tomonidan 2025 yilgi mavsumda qishki transfer oynasida “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga keyingi ikki ro'yxatdan o'tkazish davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga ro'yxatidan o'tkazishga taqiq qo'yilgan edi. Keyinchalik, Namangan viloyati hokimligi hamda Farg'ona viloyati hokimligi tomonidan qarzdorlikni to'liq bartaraf etish bo'yicha kafolat xatlari taqdim etilgani hamda futbolchilar bilan tuzilgan qarzdorliklarni qoplanishi bo'yicha kelishuvlari inobatga olinib, qishki transfer oynasidagi taqiq vaqtincha olib tashlangan edi. Shu asosda qarzdorliklar qisman to'langan bo'lsa-da, klublar tomonidan belgilangan muddatlarda to'liq to'lovlar amalga oshirilmadi.

Mazkur futbol klublari qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun ularga nisbatan jarima intizom choralari qo'llangan bo'lsa-da, shundan keyin ham qarzdorlikni bartaraf etmasdan kelmoqda.

Futbolchilarning maqomi va transferi bo'yicha reglamentning 12-bis moddasi 1-bandiga muvofiq, klublar futbolchilar va boshqa klublar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida nazarda tutilgan talablarni o'z vaqtida bajarishi shart. Mazkur moddaning 6-bandida esa moliyaviy majburiyatlarning takroriy ravishda buzilishi og'irlashtiruvchi holat sifatida baholanib, yanada qatiyroq jazo choralari qo'llanilishi belgilangan.

O'zbekiston futbol associaciyasi azosi sifatida “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqo'rg'on-1977”, “TerDU” futbol klublari qo'mita qarorlarini bajarishi majburiy hisoblanadi. Biroq klublar tomonidan qarorlar ijrosi taminlanmayotgani va bepisand munosabatda bo'layotgani ularga nisbatan og'irroq intizomiy jazo choralarini qo'llashni taqozo qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, 2025 yil 3-noyabr kuni O'zbekiston futbol associaciyasining tegishli qo'mitasida mazkur futbol klublariga nisbatan og'irroq intizomiy jazo choralarini qo'llash masalasi ko'rib chiqiladi.

Bunda, “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga nisbatan O'zbekiston Superliga chempionatida to'plangan ochkolaridan 3 ochko olib tashlash (uch ochkodan mahrum qilish) hamda qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish, shuningdek, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “TerDU” klublariga ham qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yish, “Qumqo'rg'on-1977” futbol klubini esa musobaqadan chetlashtirish choralarini qo'llash masalalari kun tartibidan o'rin oladi", – deyiladi O'zbekiston futbol associaciyasi xabarida. 

Avvalroq "Navbahor" futbol klubiga sankciya qo'llanishi haqida xabarlar chiqqan edi.

Reyting: +14   

Fikrlar

+8   
23 okt 20:58:38
matematik1988
Isroiljon Qosimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Демак,Пахтакор йўлини топибди Нефтчидан қандай ўтиб кетишни...Эхх ўзбек футболи ҳеч қачон ривожланмайди.Пахтакорчилар манга ёзманглар,унинг ўрнида бошқа жамоа бўлгандаям ўша жамоани айтардим.Кейин футболимиз ва лигамиз тарихиниям жуда яхши биламан.Чунки,чемпионатимизниг бошланган йилидан гувоҳи бўлганман.Илк чемпионатдаёқ ғирромлик бўлганини ёши каттароқ мухлислар жуда яхши билади.Ва Нефтчининг "уйғонаётганиниям"ҳамма кўриб турибди.Шунинг учун яна "чопишмоқчи"Нефтчини.Ман бошқа сабаб кўрмаяпман...
Shunday bu liga Sudyakor uchun qurilganligi bilinib qoldi
+8   
23 okt 19:38:52
Black Dragons
Shuncha imkoniyat berildi bajarmadimi ? tamom hech qanday kechirim bo'lmaslik kerak , jazolansin tamom , bundan keyin bepisand bo'lmaydi birontasi , .Qonun ijrosi bo'lmasa hech qanday rivojlanish bo'lmaydi.
+7   
23 okt 20:02:43
Хуршиджон
БИЛАСИЗЛАРМИ ЖЧ.ГАЯМ БИЗ 48ЖАМОА БУЛГАНЛИГИ УЧУН ЧИКДИК АСЛИДА ДАВЛАТИМИЗАМ ФУТБОЛИМИИЗАМ РИВОЖЛАНГАНИ ЙУК АСССИЛ ХАКИКАТ КОНУНЛАР ФАКАТ КОГОЗДА ОДДИЙ ХАЛЛКА КАРШИ ФУТБОЛИМИИЗАМ ШУНДАЙ ЖАЗОЛАР ВИЛОЯТ ЖАМОАЛАРИГА БУНЕДКОР МИЛЛЯРД МИЛЯРД КАРЗГА БОТДИ ПАХТАКОРДА ЙУК ДЕЙСИЗМИ МУАММО УЛАРНИКИ ОЧИЛМАЙДИ МАНА НОХАКЛИКЛАР.
+6   
23 okt 21:26:47
Холмирзаев Комил
НАСАФНИ ЧЕМПИОН КИЛАДИ ПАХТАКОР НИ ЧЕМПИОН КИЛАДИ ДЕЙДИГАНЛАРГА КАРЗИНИ ТУЛАСИН ТЕМА ЕПИЛАДИ. ПУЛИНИ ОЛМАГАН ФУТБОЛЧИЛАРНИ ХАМ ОИЛАСИ БОР
+6   
23 okt 20:58:01
matematik1988
SUDYAKOR! PFL-Paxtakor fuflo ligasi
+6   
23 okt 20:53:03
Bek Bek
Chempionlik masalasi xal boladigan pallaga kelganda endi yana xar xil xunarlar oylab topyabsizlarmi )). Neftchida taqvim yaxshi Nasaf Ochko yoqotish ehtimoli 60 foiz Neftchi chempion bolishi ham 60% ga oshgan palllada g'alati masmi ? otgan mavsumdan qarzi bolsa yangi mavsum boshida ayamay qaror qabul qilmaysizlarmidi.. Endi necha yillik tanafusdan keyin chempionlik poygasi qizib intriga oshgan vaqti muhlislar futbolga qaytgan vaqti qanaqadir qarorlar oylab topyabsizlar. Maqsad Neftchini Chempionlik poygasidan chiwarib yuborish shekili. Mana bu Falon Pismadon qaror qatiy bolsin jazo qollansn va yoki PFL ga Gaz berish maqsadida qolllarindan hech narsa kelmaydi degan koment yozyatganlar bari Shu Nasaf Chempionligini hohlayatgan muhlislar ekani aniq. Agar shu vaziyat hozir chempionlik poygasi vaqti Nasafga nisbatan aytilganda nima deyishar edikan ).
+5   
23 okt 20:50:27
Миродилжон
ОЛДИН БУНЙОДКОРНИ КАРИЗИНИ. Узиш КЕГИН. Навбохор АНДИЖОН Нефтчи ни Олий лигадан олиб ташлагин ИФЛОСЛАР

+5   
23 okt 19:40:16
user21
Boshidayoq jazolash kerak edi, Bular bergan vadasini bajarmiydi. Ishchilarni haqqini vaqtida berish kerakda Yangi öyinchilarga xarajat qilmasdan.
+4   
23 okt 20:54:53
Isroiljon Qosimov
Демак,Пахтакор йўлини топибди Нефтчидан қандай ўтиб кетишни...Эхх ўзбек футболи ҳеч қачон ривожланмайди.Пахтакорчилар манга ёзманглар,унинг ўрнида бошқа жамоа бўлгандаям ўша жамоани айтардим.Кейин футболимиз ва лигамиз тарихиниям жуда яхши биламан.Чунки,чемпионатимизниг бошланган йилидан гувоҳи бўлганман.Илк чемпионатдаёқ ғирромлик бўлганини ёши каттароқ мухлислар жуда яхши билади.Ва Нефтчининг "уйғонаётганиниям"ҳамма кўриб турибди.Шунинг учун яна "чопишмоқчи"Нефтчини.Ман бошқа сабаб кўрмаяпман...
+3   
24 okt 07:15:11
Sayfuddinovich86
Sharmanda !!! Nasafni yutganga 2 mlrd beramiz degan gapi nima bo'ladi endi. Kim ishonadi bu mashennik boshliqlar gapiga. Oddiy oylikni berolmasang nima qilasan chempion bo'laman deb chiranib
+3   
23 okt 21:05:54
Низом
Бу ерда футболчиларга нисбатан ноҳақлик бўляпти. Улар шартнома тузишмаган, молявий ишга аралашишмаган. Жонини жабборга бериб ўйнаб очко йиғишган. Энди бўлса қайсидир мансабдор шахс (лар)ни деб шунча қилган ишлари чиппакка чиқиши керакми ??? (агарда йил якунида келаси йил учун -3 очко деганда хам бошқа гап эди) Жазолаш керак, лекин жазо манзилли бўлиши керак. Кимларни мажбурияти бу ! Бу ерда юридик шахсни жазолашдан олдин ўз мансаб ваколатига соввуққонлик муносабатида бўлган мансабдорларни жазолаш керак.
+3   
23 okt 20:15:36
Адхамжон Низамов
Очко олиш олдинлари хеч кузатилмаган ёки мен адашдимми?
+3   
23 okt 20:10:26
,Хаqiqiy Kazim.
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Теголмиди фаргона вилоят хокими бор. Бозордаги хурмати катта
Сендан биров соряпдими сомса
+3   
23 okt 19:49:02
Davron Jenjayev
100% ishonchim komilki jazo qullanmaydi
+3   
23 okt 19:47:33
13ekzod
Нефтчи мухлислари сал ойлаб йозила ботта жамоаила айбдор нмага бировни хаккидан коркмиди бу бир ва сла шуни химоя квосла кимдур Диёр окага тухмат кибти ха барака топкум Диёр окага наоборот чемпион хар йили бошка богани чемпионат интригали ва тамошобоп богани макулку бу бир иккинчидан агар жамоила чемпион бомокчи боса шунга яраша иш хам юритиш кереку майдонда эплаб майдондан ташкарисида халта кб юрса коганлани нма АЙБИ БОР !
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика