"Neftchi" murabbiyi A Seriya klubiga o'tdi

Iskandarov Abdulaziz
25 iyun 2026, 16:00
Mavsum boshida Farg'onaning "Neftchi" klubi murabbiylar shtabida ish boshlagan argentinalik tahlilchi Fakundo Stik jamoani tark etdi.

Mutaxassis klubning Turkiyadagi yig'inidan so'ng rahbariyat bilan o'zaro kelishuvga ko'ra xayrlashgan. Ma'lumotlarga ko'ra, argentinalik tahlilchi faoliyatini Italiya A Seriyasi vakili "Kalyari" klubida davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, "Kalyari" jamoasi o'tgan mavsumni A Seriya turnir jadvalida 14-o'rinda yakunlagan edi.

photo_2026-06-25_15-42-01.jpg

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia