So’nggi yangiliklar

10:15"Галатасарой" Осимхенга даҳшат таклиф билан чиқди  3 09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  1 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  6 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  4 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  4 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  23 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  11 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  19 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  4 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  17

"Navbahor" uch nafar legioner bilan shartnoma imzoladi, Akbar To'raev keldi Yangiliklar

"Navbahor" uch nafar legioner bilan shartnoma imzoladi, Akbar To'raev keldi

Mavsumlar oralig'ida "Navbahor" tarkibiga qo'shilgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

“Navbahor” safiga legioner darvozabon Ilya Gavrilov kelib qo'shilgandi. Oldingi o'yinlarda posboni sinovdan o'tkazgan murabbiylar darvozabonning xatti-harakatlaridan to'la qoniqish hosil qilishdi va shartnoma imzolashdi. 1988 yilning 26 sentyabr sanasida tug'ilgan  posbon yangi mavsumni “Navbahor” tarkibida o'tkazadi. 

SHuningdek, kuni-kecha jamoamiz safiga qo'shilgan serbiyalik himoyachi Tomislav Pajovich bilan ham shartnoma imzolandi. O'tgan mavsumni Serbiyaning “Zemun” klubida o'tkazgan himoyachi ham “Navbahor” azosiga aylandi. Faoliyatini 2008 yili “CHukarichki” jamoasida boshlagan himoyachi 193 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta golga mualliflik qilgan. O'tgan mavsumni “Navbahor”da o'tkazgan yana bir serbiyalik himoyachi Darko Stanoevich bilan ham yangi shartnoma imzolandi.

Bugun Navoiyning “Qizilqum” klubi bilan navbatdagi nazorat o'yini o'tkazildi. “Konchilar”ga qarshi o'tgan uchrashuvda “Navbahor” Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozovning gollari vaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Pirimov hisobni ochgan bo'lsa oradan hech qancha vaqt o'tmay Pirimov ishlagan penaltini Azamat Allaniyozov aniq amalga oshirdi. Tanaffusga yaqin esa “Qizilqum” hisobdagi farqni qisqartirishga erishdi. 

Ikkinchi bo'limda esa darvozalarga gol kiritilmadi. Navoiyliklar bilan o'tgan uchrashuvning ikkinchi bo'limida “Navbahor” darvozasidan Akbar To'raevni joy olganligini qo'shimcha qilish joiz. To'raev o'tgan mavsumni "Olmaliq" jamoasida o'tkazgan. 

"Navbahor" uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi: Ilya Gavrilov, Avazbek Mamatho'jaev, Mirzohid G'ofurov, Darko Stanoevich, Tomislav Pajovich, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg'unboev, Oybek Qilichev, Oston O'runov, Zohir Pirimov, Azamat Allaniyozov. 

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To'raev, Azam Aliev, Ayubxon No'monov, Ilhom Boydedaev, SHohzamon Hayrullaev, Yannis Linda.


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика