So’nggi yangiliklar

02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  2 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  134 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  1 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3

"Navbahor" Turkiyadagi yig'inda ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi Yangiliklar

"Navbahor" Turkiyadagi yig'inda ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi

O'quv-mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan Namanganning "Navbahor" jamoasi mazkur yig'in doirasidagi ettinchi nazorat–sinov bahsini kecha Gruziya Erovnuli (oliy) ligasi vakili Batumining "Dinamo" jamoasiga qarshi o'tkazdi.

Belek shahridagi "Papilon" stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda namanganliklar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.

Takidlash joizki, mazkur uchrashuvning birinchi bo'limida ustunlik ko'proq namanganliklar tarafida bo'ldi. Ammo futbolchilar yuzaga kelgan vaziyatlardan samarali tarzda foydalana olishmadi. SHuningdek, batumiliklar ham kam sonli hujumlardan samara chiqara olishmadi. Natijada tanaffusgacha hisob ochilmadi.

Ushbu bahsning ikkinchi bo'limi teng kurashlar ostida kechdi. Tashabbus goh u, goh bu jamoa tarafida bo'ldi. Ammo yakuniy zarba noaniq chiqdi.

Uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida "Navbahor" himoyachilari o'z jarima maydonchalari ichida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Natijada uchrashuv bosh hakami namanganliklar darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgiladi.

"Dinamo" futbolchisi penaltini aniq amalga oshirib, darvozabon Dilshod Hamroevni dog'da qoldirdi – 0:1.

"Lochinlar" muvozanatni tiklashga intilishgan bo'lsa-da, buning uddasidan chiqa olishmadi va Turkiyadagi o'rtoqlik uchrashuvlaridagi ilk mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lishdi.


Mazkur bahsda "Navbahor" ustozi Andrey Kanchelskis maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O'tkir Yusupov, Obid Jo'raboev, G'iyosjon Komilov, Xurshid Muxtorov, Mirzohid G'ofurov, Sardor Telyakov, Amirbek Jo'raboev, Abbos G'ulomov, Islom Isoqjonov, Anvar Hojimirzaev, Ruslan Bolov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroev, Mirkomil Lokaev, Zabihillo O'rinboev, Komil Tojiddinov, Husayn Ergashboev.

Eslatib o'tamiz, namanganliklar oldingi o'rtoqlik bahslarida Turkmanistonning "Axal" klubini 1:0, Serbiyaning "Rad" jamoasini 2:1, Armanistonning "Uest" klubini 2:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, Qozog'istonning "Jetisu" klubi bilan 1:1, Ukrainaning "Kolos" jamoasi bilan 0:0 hamda Gruziyaning "Samtredia" klubi bilan 1:1 hisoblarida durangga imzo chekishgandi.



"Navbahor" Turkiyada bugun so'nggi nazorat-sinov o'yinini Norvegiyaning "Eydsvold" (Tern) klubiga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика