So’nggi yangiliklar

23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   2 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  69 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  35 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  8

"Navbahor": Tarkibga to'rt nafar futbolchi qo'shildi Yangiliklar

"Navbahor": Tarkibga to'rt nafar futbolchi qo'shildi

Teglar :  Navbahor
Bugun "Navbahor" Toshkentda to'planib mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichiga kirishdi.
Jamoamiz azolari uchun vaqtinchalik qarorgoh vazifasini “O'zbekiston” mehmonxonasi o'tab beradi. Poytaxtdagi yig'in chog'ida tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo'shilishi haqida xabar berib o'tgandik. Kunning ikkinchi yarmida “NBU-Osiyo” o'yingohida o'tkazilgan dastlabki mashg'ulotda boshqa klublardan taklif etilgan darvozabon Akmal Tursunboev (“Andijon”), himoyachi Hasanboy Ergashev (“SHo'rtan”), yarim himoyachi Alisher Mirzaev (“Paxtakor”) va hujumchi Farruh SHotursunov (“Metallurg”)lar ishtirok etishdi. Keyingi kunlarda tarkibga yana bir qator yangi o'yinchilarni qo'shilishini qo'shimcha qilish joiz.

Jamoamiz azolari Toshkentdagi yig'inning birinchi kunida “NBU-Osiyo” o'yingohining yugurish yo'lakchasidagi mashqlarni bajarishdi. Ertadan esa mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan davom ettiriladi. 7 yanvar kuni murabbiy va futbolchilar Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Oradan ikki kun o'tib esa “Olmaliq” klubiga qarshi poytaxt yig'inidagi dastlabki nazorat o'yini o'tkaziladi.
Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика