So’nggi yangiliklar

00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  1 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  2 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  0 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3 19:28"Ювентус" "Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини трансфер қилмоқчи  0 19:16Расман: Ўзбекистоннинг ўтган мавсумдаги энг яхши ёш футболчиси "Қўқон-1912"га ўтди  1 19:00Конате Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 18:35Эшитдик-да! ЎФА Хорватия терма жамоаси собиқ устозига таклиф билан чиқди  65

Sergey Lushchan: "Men familiyaga etibor bermayman, o'yinchilarning harakatini kuzataman" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Men familiyaga etibor bermayman, o'yinchilarning harakatini kuzataman"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" - OKMK (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yindan to'liq qoniqmadim, lekin natija chiroyli bo'ldi. Bugun biz chempionat peshqadamlaridan biriga qarshi o'ynadik. OKMK - juda kuchli jamoa. G'alaba uchun yigitlarga katta rahmat, futbolchilarimiz ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi.

- G'alaba bilan tabriklaymiz. Yil boshida kelgan futbolchilardan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Birga ish olib borayotganimiz uchun hammaga katta rahmat aytaman. Mavsum avvalida bir nechta yangi o'yinchilarni qo'shib oldik. Qani endi imkon bo'lsa-yu, Messini ham chaqirgan bo'lardik. Umuman olganda hamma futbolchilar yaxshi harakat qilyapti, bizda jamoaga ortiqcha o'yinchi yo'q.

- Alisher Odilovning zaxiraga olinishi muxlislar etiroziga sabab bo'lyapti

- O'yin payti muxlislarning nima deb hayqirayotganini eshitmayman. Bor etiborimni o'yinga qrataman. Biz o'yin borishidan kelib chiqib futbolchi almashtiramiz, shunchaki almashtirish kerakligi uchun emas. Raqib bahsga moslashib olganidan keyin qanotni o'zgartirish payida bo'ldik. Shu bois ham Odilovni almashtirdik. Kim lozimni ko'rsak, o'sha maydonda harakat qiladi. Men familiyalarga etibor bermayman, o'yinchilarning harakatini kuzataman.     

- Qaysi jamoalarni noqulay raqib sifatida ko'ryapsiz?

- Chempionat saviyasi juda ortgan va buni hammamiz tan olishimiz kerak. O'tgan yil ham Superliga kuchli o'tgandi. Masalan, besh yil oldingisi bilan solishtirsak, hozirgi futbolni o'ynash va g'alaba qozonish ancha qiyin.

Chempionlikka harakat qilayotgan 5-6ta klub bor. Iqtidorli yoshlar ham ko'paydi. Shu bois men raqiblarni oson yoki qiyinga ajratmayman. Bugungi raqibimiz ham kuchli edi, ammo uchta gol urib g'alabaga erishdik.

Hozir hamma himoyalanishni o'rganib oldi. Har bir jamoada 3-4 nafar yaxshi saviyadagi o'yinchi bor. Hatto turnir jadvalining quyi o'rinlarida borayotgan jamoalar bilan ham oson bo'lmayapti. Hali oldinda butun boshli ikkinchi davra turganini hisobga olsak, chempionatimiz oxirigacha qiziq kechadi deb o'ylayman.

Birinchi davra tugay deb qoldi, shunga qaramay falonchi chempion bo'ladi deb yaqqol ko'rsata olmayman. Hatto Superligadan tushib ketadigan jamoani ham aytish mushkul. "Dinamo" bilan ilk turdagi o'yinimizni yodga oling. Biz uyda 0:0 o'ynagandik va bu ham oson bo'lmagan.

- Umarali Rahmonaliev bilan Rustam Ashurmatov jamoaga keladi degan gaplar yuribdi. Bu qanchalik to'g'ri? Umuman yangi futbolchilarni o'zingiz tanlaysizmi yoki rahbariyat ham o'z fikrini aytadimi?

- To'g'risi, bu gapni endi birinchi marta eshitib turibman. Biz avvalo hozirgi futbolchilarni saqlab qolishni o'ylashimiz kerak. Agar klub rahbariyati mendan Rustam Ashurmatov kerakmi deb so'rasa, men albatta "Ha" deb javob beraman. Ammo bu - ertaga Rustam bizga kelib qo'shiladi degani emas. Uning o'z klubi bilan shartnomasi bor, qolaversa transfer summasi ham bor va bu transfer bir deganda amalga oshib qolmaydi. Shu bois mavjud tarkibni ushlab qolish ko'proq bizni o'ylantiradi. Qolaversa U-21 jamoamizda ham yoshlar bor, ularni ham asosiy jamoaga tortib sinab ko'ramiz.

- Mish-mishlarga qaraganda, Otabek Jo'raqo'ziev ikkinchi davrani "Navbahor"da boshlar ekan. Bu futbolchi ham sizning ro'yxatingizda bormi?

- Men bu haqda birinchi marta eshityapman. Aytdim-ku, mish-mishlar ko'p va biz bunga etibor bermaymiz. Sifatli o'yinchi hammaga kerak, shu jumladan bizga ham. Lekin rahbariyat menga mahalliy yoshlarni ko'proq o'ynatish vazifasini qo'ygan. Yana boyagi gapga qaytamiz. Agar Rustam Ashurmatovni olsak, unda o'zimizning o'yinchilar qaerda o'ynaydi? Zaxirada o'tiradimi? To'g'ri, kuchlilar maydonda o'ynaydi, raqobat bo'lishi kerak, bunga qarshiligim yo'q. Lekin har qanday transferni amalga oshirish hozirgi futbolda mushkul jarayon hisoblanadi. Kim o'ynashini esa men hal qilaman, boshqa hech kim emas.


Reyting: +12   

Fikrlar

+2   
22 iyu 16:44:38
Ishqiboz Muhlis
Жуда ошириб юборманглар Энди. Тўғри кеча ютди, мен хам ютуғдан маза қилдим. Аммо стабил ўйин керак. Лушчан термага ярамайди. Мени тўғри тушунинглар.
+2   
22 iyu 12:32:04
Kamol Jamol
Yaxshi yoʻldan ketayabdi Navbahor. 2 3 yilda yaxshi jamoa tuziladi. Omad tilayman
+1   
22 iyu 15:01:40
DRAKON
Dreamman foydalanuvchining fikriga javob berish
Лушчан хозирда узбекистоннинг энг кучли мураббийи, уни термага тайинлаш керак кападзенинг урнига
Лучшан ақлли уйин қуришни билади,ешлар билан яхши ишлайди,туғри Лучшан Копадзедан анча тажрибали мурабий аммо термага тортмайди,Кападзику ваше тортмайди термага,термага чет элдан тартибли уйин қуриб биладиган кучли мурабий олиб келишлари керак,копадзени чоп тепи билан ЖЧда узоқроқа бориш қийин масала
   
22 iyu 14:03:16
Rasul M
Dreamman foydalanuvchining fikriga javob berish
Лушчан хозирда узбекистоннинг энг кучли мураббийи, уни термага тайинлаш керак кападзенинг урнига
Miyaga otpuska beripsiz shekilli issiq xavoda
   
22 iyu 13:17:09
Great Shokh
Lushan san tupoysan, Odilov bilan shaxsiy adovating bo'lsa klubdagi o'yinga ta'sir qilmasin, o'yinni Odilov tortib turgandi, almashgandan so'ng aytarli xujum qilmadi, Jiyanov va Odilov yaxshi tendem
   
22 iyu 12:57:01
Zohidjon Usarov
Одилов жуда куп яхши вазиятларни кукка совурди яхши очиладию вактида пас бермайди тезликкаям кушса яхши чемпионатларга кетиши мумкин.
   
22 iyu 11:31:33
Soccerland777
Ичишни ташади шекилли, 3:0 ютибдию...
   
22 iyu 10:45:33
Abduvali Abdukarimov
Uzr baqa ketib qolibdi
   
22 iyu 10:44:46
Т.М.Солиев
Ааа
   
22 iyu 10:44:13
Abduvali Abdukarimov
Hujum nol Neftchiga yahshi hujumchi kerak
-1   
22 iyu 10:55:12
Uz_chemp
Lushan sen bir yutmagin ekanda rahbariyat ham futbolchi olib beryaptimi óynatish kerak Rustam kelsa zór bóladi
-2   
22 iyu 13:13:27
Dreamman
Лушчан хозирда узбекистоннинг энг кучли мураббийи, уни термага тайинлаш керак кападзенинг урнига
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика