Rasman: "Navbahor" serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
20 jan 2022 14:38
Yangiliklar
Rasman: "Navbahor" serbiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
Serbiyalik hujumchi Zoran Marushich “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
"Marushich 1993 yilning 29 noyabrida Serbiyaning Klina shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida Serbiyaning “Sloga” (2010-2013 yillar, 2015 yil), “Vojdovac” (2014 yil), “Borcha” (2017 yil), “Temnich” (2017/2018 yillar), “Sloboda” (2018 yil), Bosniya va Gercegovinaning “Slaviya” (2016 yil), “Krupa” (2016 yil), Belarusning “Dnyapro” (2019 yil) hamda “Neman” (2020 yil) jamoalarida o'ynagan.
Zoran 2021 yilgi mavsumni Tbilisining “Dinamo” tarkibida o'tkazib, 41 ta o'yinda 17 ta golga mualliflik, 9 ta golga assistentlik qilgan holda, Gruziya chempionati to'purari bo'ldi. Bundan tashqari, 28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Gruziya chempionatining eng yaxshi hujumchisi, eng yaxshi legioneri va eng yaxshi futbolchisi deb topildi hamda chempionat ramziy terma jamoasidan ham o'rin oldi.
Marushichning Transfermarkt portalidagi transfer narxi 450 ming evro etib belgilangan", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar Marushichning namanganliklar safiga o'tgani haqida "Eshitdik-da!" rukni orqali xabar bergan edik.
Gruziyada yil futbolchisi va to'purari bo'lgan futbolchi "Navbahor"ga o'tdi
Fikrlar