Navas chemodanini tayyorlamoqda
23 avg 2022 23:32
Yangiliklar
"La Repubblica"ning malum qilishicha, PSJ darvozaboni Keylor Navas tez orada "Napoli" futbolchisiga aylanadi. Klublar 35 yoshli posbon transferi bo'yicha kelishuvga erishishgan.
Oldinroq kosta-rikalik Italiya klubi tomonidan ijaraga olinishi, PSJ esa o'yinchi maoshining bir qismini to'lashi aytilgandi.
Yangi masum start olishidan avval parijliklar bosh murabbiyi Kristof Galte Janluiji Donnarummani asosiy darvozabon deya elon qilgan edi.
Navas 2021/22 yilgi mavsumda PSJ uchun 26 o'yinda 24 ta gol o'tkazib yuborgan. Uning klub bilan kelishuvi 2024 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar