"Barselona" Grinvud uchun kurashga kirishdi
21 fev 2025 18:58
Yangiliklar
"Barselona" Grinvud uchun kurashga kirishdi
"Marsel" vingeri Meyson Grinvud "Barselona" qiziqishini uyg'otdi.
Angliyalik futbolchi Franciyada muvaffaqiyatli mavsum o'tkazmoqda, shu sabab uning nomi Evropa grandlarining transfer maqsadlari orasida tobora ko'proq tilga olinmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, kataloniyaliklar 23 yoshli futbolchi uchun "Bavariya" bilan raqobatlashadi. Kelishuv shu yilning yozida amalga oshishi mumkin.
Meyson Grinvud ushbu mavsum Liga 1da 22 o'yinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Franciyaga o'tishdan oldin "Manchester Yunayted"ga tegishli bo'lgan va o'tgan mavsumni ijara asosida Ispaniyaning "Xetafe" jamoasida o'tkazgan.
Transfermarkt ekspertlari o'yinchining narxini 35 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar