Ilyos Zeytullaev: "Jamoam borini berib harakat qilmoqda"
08 fev 10:05
Yangiliklar
Ilyos Zeytullaev: "Jamoam borini berib harakat qilmoqda"
O'yin juda qiziqarli bo'ldi. Yaxshi raqibga qarshi to'p tepdik — Rossiya yuqori ligasi vakili. Reja bo'yicha 45 daqiqadan 2 ta taym o'ynashimiz kerak edi, lekin 3 ta bo'lim harakatlandik. Ko'p futbolchilar amaliyot oldi. Yig'inimiz reja bo'yicha ketyapti, muhimi — yigitlar jarohat olishgani yo'q. Albatta, bu davrda futbolchilar yuklamalar olishyapti. Xursand bo'layotganim shuki, jamoa borini berib harakat qilyapti. Xotirjam tayyorgarlikni olib boryapmiz, — deydi Ilyos Zeytullaev.
— Ob-havo noqulayliklar tug'diryaptimi?
— O'tgan yili bu erda quyoshli ob-havo edi. Biz joylashgan hududda yomg'ir ko'p bo'lmadi. Reja asosida mashg'ulotlarimizni olib boryapmiz. Maydonlar sifati ajoyib. Xudoga shukur, hammasi joyida.
— O'yin biroz asabiyroq kechdi...
— Ha, asabiylik kuzatildi. Futbolchilar yaqinda chempionat boshlanishini his qilib turishibdi, adrenalin yuqori. Ammo shogirdlarim qaerda o'zini qanday tutishni yaxshi biladi. Ular professional. Bu ham bir sinov bo'ldi.
— Jamoalar tarkibni shakllantirib bo'lishyapti. "Bunyodkor"ga yana kimdir qo'shilishi mumkinmi?
— Umuman, ayni vaqtda qo'l ostimdagi tarkibdan mamnunman. Shu bois hech kimni qidirayotganimiz yo'q. Lekin qandaydir yosh, iqtidorli va jamoamizga yordam bera oladigan o'yinchi bo'lsa, qo'shib olishimiz mumkin. Tarkibimiz o'zagi malum va yoshlarimiz ham bor.
— Jamoada 5 ta markaziy himoyachi bor. Qaysi chiziqlardan ko'nglingiz to'lmayapti?
— Markaziy yarim himoya nuqtamizni, o'rtacha aytganda, yoshroq holatga keltirdik. Ertami yoki kech ular o'zlarini ko'rsatishlari kerak edi. Qo'rqmay o'ynashlari lozim. Faqat ishonish darkor. Agarda kuchliroq qanot hujumchisi yoki yarim himoyachi bo'lsa, kuchayib olishimiz ehtimoldan yiroq emas.
— Jahon chempionati bo'lganligi uchun o'yinlar orasi qisqa, taqvim zich. Klub rahbariyati tomonidan qanday vazifalar qo'yildi?
— Qiziqarli va intensiv chempionat kutmoqdaman. Jamoalar birinchi turga qanday etib kelishni o'ylaydi. Taqvimni ko'rib chiqdim — har besh kunda o'ynaymiz. Shu bois jismonan va ruhan munosib hozirlik ko'rish talab etiladi. Muxlislarga stadionlarni to'ldirib o'tirishlarini, biz esa ularning ishonchini qozonishga harakat qilishimizni aytmoqchiman. Har bir o'yinda, deylik, autsayder va etakchilar o'rtasida ham kurash, tomoshabop futbol kechishini istardim. O'zbekistonda futbol o'smoqda, tabiiyki, raqobat ham shunday.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar