Bahodir Qurbonov: "Birinchi qadamni futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz"
22 fev 10:57
Yangiliklar
Bahodir Qurbonov: "Birinchi qadamni futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz"
Unga ko'ra, Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Bahodir Nizomovich Qurbonov O'FA prezidenti sifatida ishga kirishdi.
"Delegatlarga mening nomzodimni O'FA prezidentligiga loyiq ko'rganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchaga malumki, futbol O'zbekistonda ommaviy va eng sevimli sport turi hisoblanadi. Muhtaram prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan ko'plab muhim hujjatlar imzolandi. Bu esa o'z navbatida so'nggi yillarda futbolimizda katta o'sishga turtki berdi. FIFA va OFK bilan hamkorlikda futbolimiz infratuzilmasini yaxshilash, futbol bilan shug'ullanish uchun qulayliklar yaratish bo'yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz xalqaro maydonda yorqin g'alabalar qayd etishmoqda. O'tgan yili futbolimiz tarixida birinchi marotaba U-23 terma jamoamiz yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etdi, U-20 terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. O'smirlar terma jamoamiz Jahon chempionatida kuchli sakkizlikdan joy oldi. Bugungi kunda O'zbekiston eng nufuzli futbol turnirlari mezboni sifatida etirof etilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino 2024 yil O'zbekiston mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tarixdagi eng zo'ri sifatida baholadi. O'z navbatida mening yangi lavozimdagi vazifam mana shu rivojlanishni davom ettirgan holda yanada katta natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iborat.
Umid qilamanki, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan har bir inson davlatimiz rahbarining berayotgan ishonchini oqlash, muxlislar kutayotgan natijalarni qayd etish uchun o'z vazifalariga masuliyat bilan yondoshishadi. Hurmatli kongress ishtirokchilari men prezident sifatida bugundan aytamanki, har birlaringizning bilim, ilmlaringizga, yordamlaringizga muhtojman. O'ylaymanki, biz birgalikda bu masuliyatli vazifani amalga oshiramiz. Oldimizda katta maqsadlar turibdi. Milliy terma jamoamiz yaqin vaqt ichida Jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarida ishtirok etadi. Mundialda qatnashish xalqimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Muxlislarning ishonchini qozonish, stadionlarni ishqibozlar bilan to'ldirish, futbolda halollik, shaffoflikni taminlash borasida katta vazifalar turibdi. O'ylaymanki, futbol mutaxassislari, OAV birgalikda va hamjihatlikda ishlab maqsadimizga etamiz. Birinchi qadamlarimiz futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz. Raqamlashtirish shaffoflik, yosh futbolchilarni tarbiyalash, ilmiy nuqtai nazaridan kuzatish imkonini beradi. Yana bir bor kongress ishtirokchilariga rahmat aytaman va ishonchlaringni oqlash uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman",- deydi Bahodir Qurbonov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar