Neftchi muxlislarga qulaylik yaratish uchun yillik abonement sotuvini boshladi
22 fev 2025 10:18
Yangiliklar
Neftchi muxlislarga qulaylik yaratish uchun yillik abonement sotuvini boshladi
«Yangi mavsum boshlanish arafasida juda ko'plab muxlislar abonement sotib olish istagini bildirishmoqda. Ushbu istak va takliflarni inobatga olgan holda 20 fevraldan boshlab klub o'z muxlislari uchun 1 yillik abonement sotishni boshladi.
Muxlislarga ushbu abonement 2025 yilgi mavsum davomida, «Istiqlol» stadionda o'tadigan jamoamiz ishtirokidagi O'zbekiston Superligasi hamda kubogi uchrashuvlariga kirish imkoniyatini beradi.
Abonement qulayliklari:
1. Chiptaxonalarda uzoq va uzun navbatda turilmaydi.
2. abonementi bor muxlis stadionga kirish uchun maxsus abonementliklar uchun ajratilgan eshikdan kiradi.
Abonementlarni sotib olish uchun «Neftchi» klubi marketing bo'limiga murojaat qilish mumkin. Abonementlarni naqd pul, plastik kartochka va pul o'tkazish orqali sotib olish mumkin. Abonementlarning asosiy qismi markaziy sektorlardan bo'lib abonementlar soni chegaralangan», — deyilgan «Neftchi» matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.
Chiptalar «Istiqlol» stadioni kassalarida , Farg'ona shahar dehqon bozoriga kirishdagi avtoturargohda joylashgan maxsus kassalar va Marg'ilon shahrida joylashgan «Ansor» savdo majmuasiga kirish qismidagi kassada sotilmoqda!
Qo'shimcha malumotlar uchun:
+99890 630 98 64
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar