"Nasaf"ga bag'ishlov!
22 mar 2022 16:29
Yangiliklar
"Nasaf"ga bag'ishlov!
O'zbekiston xalq hofizi SHerali Jo'raevning "Vatan" qo'shig'idan ilhomlanib...
Sen agar Qarshi faxri bo'lsang, muxlisingman, "Nasaf",
Toabad yutug'ing davom bo'lsin, kuyunchagingman, "Nasaf".
Har taraf zulmat-tuman, yo'l ko'rmaganda hech qachon,
To sahar maydonda chiroq yoqib chiqqan shaydoyingman, "Nasaf".
Barcha jim, tilsiz soqov, o'yiningni ko'rganda, hayqirib,
Zo'rliging raqib oldida aytgan qarshilikman, "Nasaf".
Bo'lmasin ovvora raqib, tishin qayrab qatlima,
Toki borsan, senla men ham "o'lmas ajdaringman", "Nasaf".
Yurtda muxlis zotidek boshim hammadan baland,
Raqib uchun mangu o'tib bo'lmas himoyangman, "Nasaf".
Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yig'lagan arzandangman, "Nasaf".
Sen agar Qarshi faxri bo'lsang, muxlisingman, "Nasaf",
Toabad yutug'ing davom bo'lsin, kuyunchagingman, "Nasaf".
Fikrlar