So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  24 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   36 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  226 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

"Surxon" sport direktori: "Kubokda finalga qadar borishni maqsad qilgandik. Fevzi Davletov nomidan uzr so'rab qo'yaman" Yangiliklar

"Surxon" sport direktori: "Kubokda finalga qadar borishni maqsad qilgandik. Fevzi Davletov nomidan uzr so'rab qo'yaman"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Surxon" – "So'g'diyona" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbon jamoa sport direktori Rustambek Qurbonboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Fevzi Rizaevich nomidan uzr so'rab qo'yaman. Bosh murabbiyimiz betobligi tufayli matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydilar. Oson o'yin bo'lmasligini bilar edik. "So'g'diyona"ni ham yaxshi o'rganib chiqqan edik. Bugun eng yaxshi o'yinimizni o'tkazganimiz yo'q, lekin shunga qaramay g'alaba qozondik" - dedi Rustambek Qurbonboev bugungi bahs haqida.

- Abdug'afur Haydarov qishdagi yig'inlarda ishtirok etmadi. Haydarovning o'yini chiqmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?

- Futbolchi o'zining eng yaxshi sport holatida emas ekanligini ko'rib turibsiz. Haydarov o'sha vaqtda yoshlar terma jamoasi safida edi va o'shanda tizzasidan jarohat olgan edi. Jarohat tufayli mashg'ulotlarda ishtirok eta olmadi. U jarohatidan jarrohlik amaliyotisiz forig' bo'la oldi. Haydarov bilan individual tarzda ham ishlanmoqda. Hujum chizig'ida ikkita futbolchimiz bor xolos. Abdug'afur o'tgan mavsumdagi sport formasiga tezroq qaytib olishiga tilakdoshmiz. Biz so'nggi yillarda ko'p yosh futbolchilarga imkoniyat beryapmiz.

- Futbolda barchasi tabiiy yo'l bilan bo'lishi kerak. Masalan, Abdug'afurga CSKA qiziqyapti degan xabarlar tarqalgani uchun uni asosiy tarkibga qo'yib o'ynatishimiz ham noto'g'ri bo'ladi. Biz unga imkon qadar yordam bermoqchimiz.

- Fevzi Rizaevich o'yin davomida o'rnidan turmaydi va zaxira o'rindig'ida o'tiraveradi. Jahon futbolida esa murabbiylar bunday qilishmaydi. Bunga sabab nima?

- Bosh murabbiyimizning sog'lig'i bilan muammolari bor. Men ko'proq himoyachilarga ko'rsatma beraman. Fevzi Rizaevich esa o'yinni ko'proq tomosha qiladi. 90 daqiqa davomida maydon chetidan turish har doim ham to'g'ri qaror emas. Murabbiy o'z maslahatini futbolchiga etkazguncha maydondagi vaziyat o'zgarib ketadi.

- Jamoada moliyaviy muammolar kuzatilmayaptimi?

- Bizda bunday katta muammolar yo'q.

- Qiyin uchrashuvlarda "Surxon" g'alaba qozonmoqda. Bugun jamoa 6 nafar himoyachi bilan harakatlandi. Buning sababi nimada?

- Tarkibda jarohat olgan va shamollagan yigitlar bor edi. Shu faktorlar bunga tasir qildi. Biz maydonda 4 nafar himoyachi bilan harakatlandik. Biz raqib o'yinini o'rganib chiqqandik. Bugun omadimiz keldi va g'alaba qozondik.

- "Surxon" "So'g'diyona"ga qarshi kechgan so'nggi 6 uchrashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bunday g'alabalarning sababi nimada deb o'ylaysiz?

- Kimdir kimgadir qulay raqib deb aytishadi, ammo bunday fikrlarga qo'shilmayman. "So'g'diyona"ni mag'lub etib kelayotganimizga sabab yaxshi tayyorgarligimizda bo'lsa kerak. Jizzax jamoasiga qarshi kechgan bahslarda yaxshi o'yin namoyish etgan bo'lsak kerak. "Surxon" jamoasiga qulay raqibning o'zi yo'q. "So'g'diyona" eng jiddiy raqiblarimizdan biri. Bu biz uchun omadli statistika ekan.

- O'zbekiston Kubogidagi so'nggi bahsga murabbiylar yaxshi tayyorgarlik ko'rishmadimi yoki futbolchilar o'ynashni xohlashmadimi?

- Ikki fikri ham noto'g'ri. Barchada ishtiyoq kuchli edik. Biz Kubokda finalga qadar etib borishni maqsad qilgandik. Biz o'tgan mavsumda yarim final bosqichiga qadar etib borgandik. Futbolda shunday hodisalar ro'y berib turadi. "Lochin" Universitet jamoasi hisoblansa ham, tarkibida "Nasaf" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bor. Masalan, Zafar Holmurodovning shogirdlari ushbu jamoa safida to'p tepishmoqda. "Lochin"ga qarshi o'yinda rotaciyaga qo'l urgandik, sababi sakkiz kun ichida 3ta o'yin o'tkazishimiz kerak. Kubokni erta tark etganimizdan ranjidik.

- Keyingi turda "Andijon" bilan to'qnash kelamiz va undan keyin "Neftchi"ga qarshi o'yin bor. "Andijon"dek principial raqibga qarshi o'yindan nimalar kutishimiz mumkin?

- Biz har raqibga qarshi eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga harakat qilamiz. Keyingi o'yinlarda ham borimizni beramiz. Joriy mavsum har doim ham muxlislarimizni xursand qila olmayotgan bo'lsak ham, imkon qadar yaxshi natija qayd etishga intilmoqdamiz. Jamoa texnik direktori Nurali Nurullaev hozirgi kunda betob bo'lib qolgan va men shu matbuot anjumani orqali unga jamoa nomidan sog'liq tilayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика