So’nggi yangiliklar

12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  0 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  3 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  0 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  4 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  10 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1 08:24Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 07:54“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор  9 07:25Жоэль Кожо фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  9 01:47Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди  2

Superliga. "Surxon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Surxon" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Surxon" – "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

"Surxon" – "So'g'diyona" 2:1

16.05.2025, 20:00

Bosh hakam: Ismoil Ibrohimov

Yordamchi hakamlar: Ruslan Samandarov, Akmal Sultonov

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Ravshan Abduvahidov

AVAR hakami: Zilola Rahmatova

Komissar: Oybek Davletmurodov

Gollar: 1:0 – 56, Dmitriy Pletnyov, 1:1 – 63, Ehsoni Panshanbe (Lyupcho Doriev), 2:1 – 72, Muhammad Ali Abdurahmonov

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 4.Nodirxon Nematxonov, 5.Jamaliddin Xodjaniyazov (9.Kirill Kolesnichenko, 88), 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov (18.Nodirbek Abduholiqov, 90+5), 10.Dmitriy Pletnyov (88.Dmitriy Kratkov, 88), 19.Muhammad Ali Abdurahmonov (11.Abdug'afur Haydarov, 77), 24.Sherzod Komilov (15.Diyor Ramazonov, 90+5), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behruz Shaydulov.

Zaxira: 25.Maksim Murkaev, 2.Behruzjon Karimov, 17.Jahongir Abdusalomov, 22.Javohir Jo'raev

"So'g'diyona": 21.Muhammadyusuf Sobirov, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov, 8.Suhrob Izzatov (42.Sardor Erkinov, 85), 14.Lyupcho Doriev, 17.Ehsoni Panshanbe (11.Sahob Rashidov, 85), 19.Javohir Qahramonov, 23.Sardor Hoshimov (99.Umidbek Sultonov, 46), 28.Stanislav Andreev (2.Zoir Jo'raboev, 71), 34.Dilshodbek Misiraliev.

Zaxira: 1.Shohrux Isaqov, 5.Behruz Jumatov, 6.Samandar Sindarov, 18.Oybek Nurmatov, 46.Inomjon Abdumajidov

Ogohlantirishlar: Lyupcho Doriev (20), Stanislav Kudryashev (90), Sherzod Komilov (90+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+11. "So'g'diyona" jarima maydoni yaqinida Jumaevga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi. Jarima zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

90+9. Doriev chap qanotdan uch raqibini aldashga urindi, ammo to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

90+7. Erkinovning zarbasini Potapov qaytardi. Burchak uzatmasiga Ahadov bosh qo'ydi, ushbu zarba esa noaniq ko'rinish oldi.

90+5. Jumae raqib jarima maydoniga kirib borib, zarba yo'lladi, Sobirovdan seyv.

90+5. "Surxon" tarkibida ikki o'zgarish bo'ldi.

90+3. Komilov qo'pollik uchun ogohlantirildi.

90+1. Mezbonlar tomonidan yo'llangan zarba Shaydulovdan maydonni tark etdi.

90. Ikkinchi bo'limga 11 daqiqa qo'shib berildi. "Surxon" yordamchi murabbiyi Stanislav Kudryashev hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

88. "Surxon" tarkibida ham ikki o'zgarish bo'ldi.

87. Tushunarsiz holat yuzaga keldi. O'yin to'xtab qoldi.

85. "So'g'diyona" tarkibida ikki o'zgarish.

83. "Surxon" tezkor qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, Pletnyov shoshilmadi.

77. "Surxon" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

2814 nafar tomoshabin mazkur uchrashuvni stadiondan kuzatib bormoqda.

72. GOL! Abdurahmonov raqib posbonidan qaytgan to'pni "So'g'diyona" darvozasiga joylab qo'ydi!

71. "Surxon" tarkiida o'zgarish bo'ldi.

69. Xodjaniyazovga tibbiy yordam ko'rsatildi.

67. Abdurahmonov raqib jarima maydonida Qobilov bilan to'qnashib ketdi.

66. Zarba! Dorievning zarbasini raqib posboni qaytardi. U ofsaydda ham ekan.

63. GOL! Dorievning pasidan so'ng Panshanbe raqib jarima maydonida aniq harakat qilib, hisobni tenglashtirdi!

60. Hamidjonov Izzatovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam VAR bilan ehtimoliy chetlatishni muhokama qilmoqda. Ammo hakam qarori o'zgarmadi.

59. Abdurahmonovning zarbasini Sobirov qaytardi.

56. GOL! Dmitriy Pletnyov jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi!

55. Komilovga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Mezbonlarda standart vaziyat.

54. "Dorievning burchak uzatmasidan so'ng hech kim zarba yo'llay olmadi.

51. Dorievning zarbasiga aniqlik etishmadi.

48. Abdurahmonovning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "So'g'diyona" bir o'zgarishga qo'l urdi.

Taym yakunlandi.

45+1. "Surxon" hujumchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, biroq u ofsaydda qolgan ekan.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. Izzatovning zarbasi raqib futbolchisidan maydonni tark etdi.

43. "Surxon" futbolchisi deyarli raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba yo'llashga ulgurmadi.

42. Jumaev sherigini birga-bir vaziyatga chiqarishga harakat qildi, ammo Sobirov chaqqonroq harakat qildi.

39. Tursunovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

38. Abdurahmonovning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

35. Pletnyovning uzatmasiga jamoadoshi ulgurmadi.

34. Jumaev Andreevni aldab o'tgani uchun qo'pollik bilan to'xtatib qolindi.

32. Dorievning zarbasi raqib himoyachisidan nariga o'tmadi.

30. Qahramonov Xodjaniyazov tomonidan fol evaziga to'xtatib qolindi.

28. Andreevning chap qanotdan uzatmasi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.

25. Zarba! Dorievning zarbasi raqib himoyachisidan qaytdi, keyinchalik Andreevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

24. Maydon markazida Komilovga nisbatan fol ishlatildi.

22. Zarba! Tursunov chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borib, yaqin burchakka noaniq zarba yo'lladi,

21. Dorievning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

20. Doriev hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

19. Stanislavning yana bir uzatmasini raqib darvozaboni egallab oldi. 

18. Andreevning uzatmasi "Surxon" futbolchisidan maydonni tark etdi.

17. Hamidjonov Dorievga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

16. Mustafoqulov o'z jarima maydonida sirpangan holda raqib futbolchisidan to'pni olib qo'ydi.

15. Mehmonlarning zarbasiga "blok" qo'yildi.

12. Xavfli vaziyat! Jumaevning o'ng qanotdan boshlagan xavfli hujumidan so'ng darvozasiga kirib ketayotgan to'pni Qobilov qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

8. "Surxon" hujumi Ahadov tomonidan qaytarildi. Burchak uzatmasi.

6. Zarba! Hamidjonovning uzatmasi zarbaga aylanib ketdi, Sobirov to'pni qaytardi.

5. Ahadov va Abdurahmonov to'p uchun kurashda to'qnashib ketdi. "Surxon" futbolchisi maydonda bir zum yotib, o'rnidan turdi.

4. Zarba! Qahramonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. Qolaversa, u ofsaydda qolgan ekan.

3. Doriev raqib jarima maydoniga sherigi tomon uzatma amalga oshirdi, biroq Qahramonov to'pga etib kela olmadi.

1. O'yin boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Surxon" sariq, "So'g'diyona" qora-oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

+5   
16 may 22:05:27
Obidjon
Surxonni gʻalaba bilan tabriklayman. Nasaf muxlisi.
+4   
16 may 21:22:09
Бахтиёр Ашуров
Плетнёвдан супер гол!
+3   
16 may 19:59:41
Бахтиёр Ашуров
Олға Сурхон!
+2   
16 may 22:34:15
Elyor Haydarov
Сугдианада АХИЛЛИК йук жомавий УЙИН Андреевни тантана билан пенсия га кузатиш куйса булади отахон чарчаган битта Дориевни нима килсин Бошковични каласи ачиб кетган шекилли икки хафта касалханада дам опмаса асаб касал булса мурабийни кардан топамиз????
   
17 may 07:25:25
Yunus Qurbonazarov
Surxon omad
-1   
16 may 21:08:36
Suxrob Qurbonov
Ур Пахтакор
-2   
16 may 22:57:09
Уктам
"Сурхон"-дустлик шахри командаси.
-2   
16 may 22:38:46
Шуржи шахрисабз
Hurmatli futbol muxlislari hammaga sogʻliq tilayman Muhammad Yusuf Sobirov uchun xursandman
-2   
16 may 21:11:22
Фабрицио Романо
Нефтчига омад?.......
-3   
16 may 21:12:11
Фабрицио Романо
ФАРГОНА?......Нефтчига омад?......
-3   
16 may 21:12:06
Фабрицио Романо
ФАРГОНА?......Нефтчига омад?......
-3   
16 may 21:11:44
Фабрицио Романо
Нефтчига омад?.......
-3   
16 may 21:11:36
Фабрицио Романо
Нефтчига омад?.......
-3   
16 may 21:11:27
Фабрицио Романо
Нефтчига омад?.......
-3   
16 may 21:11:13
Фабрицио Романо
Нефтчига омад?.......
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика