Xyoysenning "Real"dagi maoshi malum. APL klublari himoyachiga ko'proq pul to'lashga tayyor edi
16 may 21:58
Yangiliklar


Xyoysenning "Real"dagi maoshi malum. APL klublari himoyachiga ko'proq pul to'lashga tayyor edi
Din Xyoysen "Real"da APLdagidan kamroq maosh oladi.
"Madrid" "Bornmut" va Ispaniya terma jamoasining 20 yoshli himoyachisini 58 million evroga transfer qilishga yaqin turibdi. Ushbu summa uning shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.
Din "qaymoqranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va soliqlardan tashqari yiliga 9 mln evro maosh oladi. U shartnomaning so'nggi yilida bonuslarni hisobga olgan holda 11 mlngacha ishlashi mumkin.
Takidlanishicha, futbolchiga Premer-ligada "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal", Germaniyada esa "Bavariya" davogarlik qilgan. Shu bilan birga, APL klublari Xyoysenga ko'proq pul to'lashga tayyor edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar