Xyoysenning "Real"dagi maoshi ma'lum. APL klublari himoyachiga ko'proq pul to'lashga tayyor edi

Alisher Ostonov
16 may 2025, 21:58
Din Xyoysen "Real"da APLdagidan kamroq maosh oladi.

"Madrid" "Bornmut" va Ispaniya terma jamoasining 20 yoshli himoyachisini 58 million evroga transfer qilishga yaqin turibdi. Ushbu summa uning shartnomasida tovon puli sifatida ko'rsatilgan.

Din "qaymoqranglilar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va soliqlardan tashqari yiliga 9 mln evro maosh oladi. U shartnomaning so'nggi yilida bonuslarni hisobga olgan holda 11 mlngacha ishlashi mumkin.

Takidlanishicha, futbolchiga Premer-ligada "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal", Germaniyada esa "Bavariya" da'vogarlik qilgan. Shu bilan birga, APL klublari Xyoysenga ko'proq pul to'lashga tayyor edi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: As