So’nggi yangiliklar

23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  2 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  45 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  14

Dragan Cheran hakamning xatolari, ko'p gol urolmayotgani va "Paxtakor"dan ketishi haqida gapirdi Yangiliklar

Dragan Cheran hakamning xatolari, ko'p gol urolmayotgani va "Paxtakor"dan ketishi haqida gapirdi

O'zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Dragan Cheran o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin haqida fikr bildirsangiz.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'p gollar urildi. Afsuski, yutqazdik. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Oxir-oqibat juda ko'p gol o'tkazib yubordik. Oltita gol. Bu juda ko'p. Ha, ehtimol, kubokka keraklicha jiddiy yondashmagandirmiz. Ammo oldinda chempionat, Superkubok bor. Keyin esa Elit Chempionlar ligasi. Shuning uchun bu yutqazish, albatta, achinarli. Xullas, olg'a yurishda davom etamiz.

- Ikkinchi bo'lim boshida hakamga etiroz bildirganingiz uchun sizga sariq kartochka ko'rsatildi. Jiddiy etirozda qanchalik asos bor edi?

- Odatdagidek, shunchaki hakam bilan gaplashmoqchi edim. Fikrimni bildirmoqchi, fikr almashmoqchi edim. U bugun juda ziddiyatli edi, shunday deyish mumkin. U bir necha marta yaqqol "Paxtakor" foydasiga xato qildi. Bu ham, albatta, ozgina tasir ko'rsatdi, lekin... Ular ham odam, xato qilishlari mumkin, shuning uchun hechqisi yo'q.

- Sizni O'zbekistonning ko'p yillik to'purari sifatida yaxshi bilamiz. Ammo bu yilgi ko'rsatkichlaringiz yaxshi emas. Bunga sabab nimada?

- Bu yilgi maqsad boshqa. Mening vazifam – yoshlarga va "Nasaf"ga yordam berish. Nafaqat shaxsan, balki jamoaviy tarzda ham yordam berish kerak. Yana bir bor chempion bo'lishimiz va nimaga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz zarur. Bizda yaxshi jamoa jamlangan.

- "Paxtakor" siz bilan munosib xayrlashmaganidan xafamisiz?

- Bu endi tarix bo'lib qoldi. Unga ortiq qaytmaylik.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика