So’nggi yangiliklar

21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  224 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  2 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  37 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  27 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  2 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  7 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  1 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0

"Paxtakor" to'rtinchi bo'ldi. "Nasaf" oxirgi bor qachon 6 ta gol o'tkazgan edi? Yangiliklar

"Paxtakor" to'rtinchi bo'ldi. "Nasaf" oxirgi bor qachon 6 ta gol o'tkazgan edi?

Teglar :  NasafPaxtakorMHSK
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi uchrashuvlari qiziqarli va shiddatli ruhda o'tdi.

Xususan, "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvida umumiy hisobda darvozalarga 9 ta gol urildi. Yakunda "sherlar" raqibi ustidan 6:3 hisobida zafar quchdi. Ko'pchilikda savol tug'ilishi tabiiy, Qarshi jamoasi qachon darvozasidan 6 ta to'p olib chiqqan? Tarixga yuzlanamiz va bir qator faktlarga etibor qaratamiz. 

"Ajdarlar" ilk marotaba 1997 yilgi mavsumda Superligada debyutini o'tkazgan. Viktor Borisov ustozligidagi jamoa chempionat 19-turida Toshkentda MHSK mehmoni bo'lgan va ortga 2:6 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytgan. O'sha yili MHSK chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, "Nasaf" debyutant bo'lishiga qaramay 18 ta jamoa orasida 6-o'rinni egallagan. 

1998 yil ham bitta o'yin deyarli shunday natija bilan yakunlangandi. Superliganing 23-turida "Andijon" o'z maydonida "Nasaf"ni mehmon qilgan, bu haqiqiy mehmondorchilikka aylanib ketgandi (6:0). Bir yil oldin 6-o'rinni olgan qarshiliklar endi mavsumni bir pog'ona yuqorida yakunlashadi. "Andijon" 9 o'rinda mavsumni tugatadi. 

2004 yilgacha "Nasaf"ga hech kim 6 ta gol urishga muvaffaq bo'lolgani yo'q. Faqatgina shu yili "Navbahor" bu ishni uddasidan chiqqan deya olamiz. "Lochinlar" Superliga 14-turida Namanganda "ajdarlar" darvozasiga javobsiz 6 ta to'p kiritishgan. Bu kechagi kunga qadar bo'lgan oxirgi natija edi. Keyingi yillarda jamoa o'z darvozasidan  eng ko'pi bilan 5 ta to'p olib chiqqan, xolos. "Paxtakor" MHSK, "Andijon", "Navbahor"dan so'ng bunday ko'rsatkichni qayd etgan to'rtinchi jamoa bo'ldi.

"Paxtakor" o'z tarixida birinchi marotaba raqibiga 6 ta gol urdi. "Sherlar" bunga qadar bitta uchrashuvda uzog'i bilan raqibi darvozasiga 5 bor yo'l topa olgan edi. Yana bir malumot, kecha jamoalarning o'zaro o'yinlaridagi eng sermahsul bellashuv bo'ldi yani 9 ta gol. Bungacha eng ko'p gol bo'lgan uchrashuv 1997 yilda o'tkazilgan bo'lib Toshkent klubi 4:3 hisobida ustun kelgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика