So’nggi yangiliklar

16:57Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон U-23 йирик ғалабага эришди  8 16:45Ботирали Эргашев: "Хатолардан фожиа ясаш керак эмас"  0 16:34Фердинанд МЮ ҳақида: "Агар Санчо, Рэшфорд, Антони, Гарначо ва бошқалар туфайли пул йўқотишга тўғри келса, фарқи йўқ – улардан қутулинг. Жамоа биринчи ўринда"  0 16:00"Қайрат" қаҳрамонига айланган захира дарвозабони  0 15:39Кунде "Олтин тўп" ҳақида: "Унга Ямаль ҳам, Дембеле ҳам лойиқ. Мен овоз бермайман – кучлиси ғалаба қозонсин"  7 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  4 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  2 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  1 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  5 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  10 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5

UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurash. "Chipta" bitta - davogar esa ikkita Yangiliklar

UEFA Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurash. "Chipta" bitta - davogar esa ikkita

"Siti" va "Nyukasl" masalani amalda hal qilishdi, "Villa" va "Chelsi" kurashi davom etadi.

Chempionlar Ligasi "chiptalari" uchun kurashda "Nyukasl" va "Siti" abjirroq chiqdi. Malum vaqt uchinchi o'rinni egallab turgan "Nottingem"ga stabillik etishmadi – "Chelsi"da ham shu kabi muammolar kuzatildi. Shu sababli, "yangi shayxlar" va "shaharlik shayxlar" oldinga qochib ketishdi. 

"Nyukasl" yangi tarixidagi eng yaxshi natijasini takrorlashga yaqin turibdi. 22/23-yilgi mavsum oxirida jamoa 71 ochko to'plagandi, hozir marraga ikki tur qolganida – 66. Jamoa mavsumning oxirgi qismini zo'r o'tkazmoqda – 10 o'yinda Xau "bandasi" faqat bir marta (1:4) "Villa"dan mag'lubiyatga uchradi. Oldindagi dam olish kunlarida "Arsenal" bilan o'yin – londonliklar hozirga kelib, u qadar yaqqol favorit emasdek. Undan keyin "Everton" bilan bahs, "Villa" va "Chelsi" bilan farq – uch ochko. Masala deyarli hal qilingan.

"Siti"ning "forasi" biroz kamroq, lekin vaziyati yaxshiroqdek. Oxirgi uchrashuvlar "Bornmut" va "Fulxem"ga qarshi. Har ikki qiziqarli loyihaga ega jamoa bahorda o'zlarini ko'rsatishdi, ammo hozirga kelib unchalik ham xavf tug'dirmayotgandek. Qog'ozda kafolatlangan 6 ochko. Jamoani kurashdan sekin chiqarib tursak ham bo'ladi chog'i. 

Natijada, barcha orzu qiladigan musobaqaga bitta yo'llanma qolmoqda.

"Aristokratlar" ajoyib sport formasida – ammo taqvim ancha og'ir 

"Nyukasl" bilan uchrashuvda londondliklarning seriyasi uzilib qoldi. Enco Mareska shogirdlari ungacha "Fulxem" va "Everton"ni mag'lubiyatga uchratib, Konferenciyalar Ligasi yarim finalida "Yurgorden"ga omadli safar uyushtirishdi, chempionlikni qo'lga kiritgan "Liverpul" to'xtatildi va ikkinchi bor shvedlar taslim etildi.

Shunday ekan, "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatga qaramay (0:2), "aristokratlar" ajoyib kayfiyatda. Hozirgi pallada aynan poytaxtliklar – ECHLning oxirgi yo'llanmasiga egalik qilishmoqda. Boshqa tomondan uni yo'qotib qo'ymaslik uchun ancha ter to'kish talab etiladi – "Chelsi"ga oxirgi ikki turda oson bo'lmasligi aniq. Hozirgi "Yunayted"dan nima kutishni bilib bo'lmaydi. Joriy mavsumni "qizil iblislar" o'z yog'ida o'zi qovrilib o'tkazdi. Taxmin qilish mumkinki, hozirgi vaziyatda jamoaga chempionatdan ko'ra, Evropa Ligasi hal qiluvchi uchrashuvi muhimroq. Lekin ana shu mavsumda "Siti", "Arsenal" va "Liverpul"ga qarshi o'yinlar misoli borki, MYU o'z maksimumini ko'rsatib qo'ya olgandi. 

Hattoki durang ham "aristokratlar"ni qiyin vaziyatda qoldiradi – "Nottingem" o'z uchrashuvini qanday o'tkazishi nomalum. Masalani o'zaro uchrashuvda hal qilish esa unchalik ham yaxshi g'oya emasdek, ustiga-ustak, ishni ungacha olib bormaslik imkoni bo'la turib.

"Aston Villa" ECHLga chiqa oladimi? 

Chempionlar Ligasi yo'llmansi uchun yana bir nomzod – oxirgi mavsumlar kashfiyoti. Unai Emeri "Villa"ga kelgach, yildan-yilga kuchayganini takidlash lozim. Avvaliga, 22/23-yilgi mavsumda yorqin davr guvohi bo'ldik, o'shanda raqibning farqi ham yo'q edi. Yakunda Evropa Ligasiga yo'llanmasi qo'lga kiritildi. Keyingi yil jamoa darhol Chempionlar Ligasiga nomzodlar qatoriga qo'shildi – va qisqa muddat mobaynida "Siti" va "Arsenal" bilan ham raqobat qildi. Endi esa chempionat ancha qiyin kechmoqda – evrokubokdagi ishtirok esa ancha muvaffaqiyatli chiqdi. Emeri jamoasi birdaniga pley-off bosqichiga chiqishni uddaladi – etiborlisi, to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga. U erda "Bryugge" ham taslim etildi, 1/4 finalda PSJ bilan ro'baro' kelishdi – musobaqaning bo'lajak (kamida) finalchisi. Etiborli jihati, ushbu to'qnashuv ancha murosasiz kurashlar ostida kechdi. "Villa" sensaciyaga ancha yaqin kelgandi.

TOP-klublar ichida yangi bo'lgan jamoa ancha yillardan buyon klublar o'rtasida Evropaning eng asosiy musobaqasini ko'zlab harakat qilgan klublar bilan raqobatlashishi ham etiborga loyiq. MYU va "Tottenxem" jadvalning pastki qismida "o'ralashib yuribdi" hamda bu mavsum faqatgina Evropa Ligasi finalini kutib yashashmoqda. 

Emeri va Mareska poygasi – qiziqarli syujet

Unai faoliyatidagi eng muhim loyihani topdi. "Villa" bilan u ora-orada titul uchun kurashmoqda va favoritlarni bezovta qilishni uddalayapti. Evrokuboklardagi ishtirok darajasi - ECHLgacha etib bordi. Bir tasavvur qiling, "sherlar" PSJni mag'lubiyatga uchratganida. Butun dunyo futbol jamoatchiligi shu haqida gapirgan bo'lardi. Eng muhimi esa "Aston Villa" aynan murabbiyning jamoasi, unga ishonadigan jamoa.

Mareska umumiy olganda ko'proq ishlar qilishi zarur – u hozirning o'zida ECHL yo'llanmasi uchun kurashmoqda, vaholanki bir yil avval "Chelsi" memlar uchun nishon, bir guruh futbolchilar jamlab qo'yilgan bir guruhdek edi. Ishlar shu yo'sinda, to'g'ri, olib borishsa, klub yaqin kelajakda Evropa grandlari qatoriga qaytishi hech gap emas. Ammo hozircha bu teng kuchli raqiblar. Emeri foydasiga "Villa"ning kuchli tomonlarini yaxshi bilishini, Mareskadagi ijobiy fakt esa – zaxira o'rindig'i uzunligi va turli uslubdagi futbolchilar mavjudligidir. Qiziq, yakun qanday bo'ladi?


TerminaTor

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика