So’nggi yangiliklar

15:43Нидерлания футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Спортда омадга ишонмайман"  2 15:32Украина футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Мақсадимиз қийин ҳолатдаги украин халқини бироз бўлса ҳам хурсанд қилиш"  0 14:58Янги Зеландия — Ливия. Таркиблар маълум  0 14:45"Женоа" — "Рома" (онлайн ҳисоб)  11 14:11"Ал Насср" Роналдуда вирусли инфекцияни қайд этди, у Ироққа бормайдиган бўлди  2 13:30Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Хитойда ўзидан икки ёш катта бўлган термаларга қарши турнирда ғолиб бўлди  0 12:52"Барселона" қизиқаётган Киммих келажаги ҳақида гапирди  1 12:26"Насаф" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:11Аргентина терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Парагвайни қўрқмай, кучли терма жамоа деб айта оламан"  0 11:22Анасхон Раҳматов Ўзбекистоннинг ғалаба қозонишига нима етишмаганини айтди  5 11:08Андрей Луниннинг "Реал"даги янги маоши маълум бўлди  1 10:42Sofascore. Отабек Шукуров янги жамоасидаги дебют ўйинидаги ҳаракатлари учун нечa баҳога лойиқ кўрилди?   1 10:14Лионель Месси бугун юбилей голини урди  8 09:40Sofascore. Турғунбоев ва Алиқулов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 09:08"Насиб қилса, Парагвайни енгамиз" — Ихтиёр Ропиев  3

“Nasaf” yangi o'yinchilarini tanishtirdi (FOTO) Yangiliklar

“Nasaf” yangi o'yinchilarini tanishtirdi (FOTO)

Teglar :  Nasaf
O'zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi “Nasaf” jamoasi bugun o'z safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tadbirda klub bosh menedjeri SH.Yarulin, jamoa bosh murabbiyi R.Berdiev hamda jamoaning yangi azolari – Saydullo Rahmatov, Ildar Mamatkazin, Sanjar Quvvatov, Dilshod Rahmatullaev va chernogoriyalik chap qanot himoyachisi Deyan Bolevichlar ishtirok etishdi.

IMG_1747

Marosimni klub bosh menedjeri SH.Yarulin kirish so'zi bilan ochib berdi: – Hammalaringizni yangi futbol mavsumini boshlanishi bilan samimiy tabriklayman.Albatta mavsum boshida O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritishimiz hammamizni xursand qildi, jamoamiz ham yangi futbol mavsumini ko'tarinki kayfiyat bilan boshlaydigan bo'ldi. Bugungi tadbirimizda sizlarga tanishtirayotgan yangi o'yinchilarimizni tanishga ulgurdilaringiz, ularning ko'pchiligini Superkubok uchrashuvida qanday harakat qilganlarini guvohi bo'ldingiz va o'ylaymanki sizlarga manzur bo'ldi. Klubni yangi mavsumga tayyorgarligi umumiy olganda rejamizga asosan bo'ldi. Klubimiz yangi mavsumga shay. Maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilsak bo'ldi, – deydi SH.Yarulin.

IMG_1743

Ro'ziqul Berdiev: – Sizlar bilan uchrashib turganimizdan xursandmiz. Yangi mavsumni yaxshi boshlab oldik, hammalaringizga Superkubok muborak bo'lsin. Yangi mavsumga tayyorgarligimiz jarayoni bilan OAV orqali tanishib bordilaringiz, biz tayyorgarlikni dekabr oyidan boshladik, xorijiy yig'inda ham bo'ldik, bir qancha nazorat uchrashuvlari ham o'tkazdik. Ushbu o'yinlardagi natijalar qoniqarli bo'lmasada, asosiy maqsadimiz futbolchilarimizni o'yin amaliyotini oshirishga qaratilgan edi. Jamoamizga yangi qabul qilingan o'yinchilar sizlarga tanish, ularni qabul qilishimizdan maqsad jamoamizni tark etgan o'yinchilarning o'rnini to'ldirish bilan birga jamoa safini kuchaytirish edi. Bunga qaysidir manoda erishdik deb, o'ylayman. Oldimizda juda qiyin mavsum turibdi. Navbat OCHL o'yinlariga etib keldi, biz juda og'ir guruhga tushdik, ammo bu bizni cho'chitmaydi, klubimiz shanini va yurtimiz shanini himoya qilish uchun bor kuchimizni ko'rsatamiz hamda bunga o'yinchilarimizni ruhan tayyorlaymiz.

Savol: Bizga malumki “Nasaf” jamoasi hali o'yinchilar qidirishda davom etayapti, agar haqiqatdan shunday bo'lsa, yana qanday o'yinchilar jamoaga kelishi mumkin?

SHamil Yarulin: – To'g'ri, OCHL o'yinlari boshlanayotgan bo'lsada, hali bizda jamoamizga yangi o'yinchilar qo'shib olishga ruxsat bor. O'ylaymanki, bu imkoniyatdan foydalanamiz va muxlislarimiz istagan, jamoamiz murabbiylariga maqul bo'lgan o'yinchilarni qo'shib olamiz.

Ro'ziqul Berdiev: – Biz ko'pgina o'yinchilarni jamoamizga qo'shib olishga harakat qildik, OAVlari orqali bu haqda bilib oldilaringiz. SHunday o'yinchilardan ayrimlari bilan kelishishga erishdik buni ko'rib turibsiz, ammo boshqalar bilan kelishish imkoni bo'lmadi. Bazi bir biz taklif qilgan mahalliy o'yinchilarda jamoamizda to'p surishga o'zidagi ishonch ham etishmadi. Endi legioner futbolchilarga kelsak, bizga skauterlar orqali ko'p takliflar bo'ldi, ularning bazilari bizga maqul kelmagan bo'lsa, bazilarini xarid qilishimizga mavjud imkoniyatimiz yo'l bermadi. Bitta misol keltiraman. Bosniyalik hujumchi Xarba Xaris bilan muzokara olib bordik, ushbu o'yinchi hozir Slovakiyaning “Spartak” jamoasida o'ynaydi, ushbu o'yinchini taklif qilganimizda. Unda ikkilanish bo'ldi, yani bizda tibbiy ko'rik talablari yuqori bo'lgani uchun u o'zi o'ynayotgan klub rahbariyatiga “menga O'zbekiston klubidan yaxshi taklif bo'ldi, agar jamoaga qabul qilinmasdan qaytib kelsam, yana shu erda faoliyatimni davom ettirsam bo'ladimi”, -degan. Klub rahbariyati unga “qaytib kelsang jamoaga qabul qilmaymiz”,-deb javob bergan. Muxlislarimizda “Nasaf” klubi selekciya ishlarini yaxshi olib bormadi, degan xulosa bo'lmasligi kerak, chunki biz bu borada katta ish olib bordik, hozir ham bu davom etayapti, davom etaveradi ham. Balki mavsum boshida bo'lmasa ham davra oralig'ida o'zgarishlar bo'ladi. Yana shuni takror aytmoqchimanki, futbol maktabimizda tarbiyalangan yosh o'yinchilarimizdan umidimiz katta, ular yangi mavsumda o'zlarini ko'rsatishiga ishonaman. Aslida futbol maktabimizning asosiy maqsadi ham bizga o'yinchilar etkazib berishdan iborat, bu bizda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Nasib bo'lsa jamoamiz safiga yangi qo'shilgan yosh futbolchilarimizning o'yini sizlarga manzur bo'ladi. Keyin yana bir gapni aytib o'tishni hohlardim, “Nasaf” jamoasi hech qachon ijaraga o'yinchi olmaydi, “Nasaf” raqib jamoaga o'yinchi tayyorlab beradigan jamoa emas, biz qaysi yangi o'yinchini olsak ham uni shartnoma asosida – jamoamizning to'laqonli azosi sifatida olamiz.

SHundan so'ng marosimda ishtirok etgan OAV xodimlari va muxlislar tomonidan berilgan savollarga klub rahbari, bosh murabbiy va yangi o'yinchilar javob berib o'tishdi.

Navbat yangi o'yinchilarga futbolkalarni taqdim etishga etib keldi. Demak, Saydullo Rahmatovga 31-raqamdagi futbolka, Sanjar Quvvatovga 35-raqamli futbolka, Dilshod Rahmatovga 10-raqamli futbolka, Ildar Mamatkazinga 5-raqamli futbolka va chernogoriyalik legioner futbolchiga 19-raqamdagi futbolkalarni klub bosh menedjeri SHamil Yarulin va jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievlar tantanali ravishda topshirishdi.

IMG_1759

Darvozabon Sanjar Quvvatov 35-raqamda o'ynaydi


IMG_1760

CHernogoriyalik himoyachi – Deyan Bolevich 19-raqamda o'ynaydi

IMG_1763

Himoyachi Ildar Mamatkazin 5-raqamda o'ynaydi

IMG_1767

Yarim himoyachi Saydullo Rahmatov 31-raqamda o'ynaydi

IMG_1768

Markaziy yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev 10-raqamda o'ynaydi

IMG_1772

Marosimda Deyan Bolevich quyidagi fikrlarni bildirdi: – Men “Nasaf” klubi rahbariyati va jamoa murabbiylarining hamda muxlislarning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Superkubok uchrashuvini stadionda turib tomosha qildim, ularning tezkor o'yini menga maqul bo'ldi, o'ylaymanki bunday jamoada to'p surish men uchun ham sharaf, jamoam yutuqlariga o'z hissamni qo'shishga harakat qilaman, –deydi Deyan Bolevich.

Muxlislar va yangi o'yinchilar hamda klub rahbari, jamoa bosh murabbiyi o'rtalarida savol-javoblar ancha vaqt davom etdi. Marosim ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javoblarni olishdi.

Reportajni Renat Ernazarov tayyorladi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика