So’nggi yangiliklar

07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  2 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  0 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  7 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  5 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8

"Nasaf" sport direktori: "Bugun rahbariyat bilan uchrashuvda ko'p masalalar hal bo'ladi" Yangiliklar

"Nasaf" sport direktori: "Bugun rahbariyat bilan uchrashuvda ko'p masalalar hal bo'ladi"

Teglar :  Vitaliy NiNasaf
"Nasaf" klubi sport direktori Vitaliy Ni kechagi O'FF tomonidan o'tkazilgan tadbirdan keyin saytimizga qisqacha intervyu berdi.

- Ertaga (muallif: bugun) jamoa yig'iladi. Bugun (muallif: kecha) yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi ajoyib ruhda o'tdi. Bizdan ham laureatlar bo'ldi. Bilasiz, Ro'ziqul Berdiev yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lgan bo'lsa, "Nasaf" akademiyasi eng yaxshi akademiya nomiga sazovor bo'ldi. Bu taqdirlash marosimi endilikda bizning yangi yil kechasiga bag'ishlab qiladigan bazmimizga qo'shilib ketadi.


SHuningdek, ertaga (muallif: bugun) rahbariyat bilan uchrashib, tashkiliy masalalar, yangi mavsum rejasini hal qilib olamiz. Ungacha tarkib borasida aytarli bir narsa deya olmayman. Asosiy maqsadimiz hozirgi mavjud tarkibni saqlab qolish. Keyinchalik esa tarkibni yanada kuchaytirish masalasi turibdi.
Ayni paytda barqaror jamoaga egamiz. Lekin bir nechta chiziqlar bo'yicha tarkibni kuchaytirish lozim. Ammo hozircha aniq nomlarni ayta olmayman. Yaqin orada yangiliklar bo'lib qolsa kerak.
Igor Golban? Uning shartnomasi yakuniga 31 dekabrda yakuniga etadi. Agar u qolishni istasa va shartnoma borasida kelisha olsak, unda hamkorlik davom etadi.

Legionerlar jalb etish? Bu ham rahbariyat bilan uchrashuvda hal bo'ladigan masala. Biz limitdan foydalanib legioner jalb etishni istaymiz. Agarda moliyaviy imkoniyatlarimiz etarli bo'lsa, unda yana yangi legionerlarni olib kelish rejasi bor", - dedi Vitaliy Ni.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика