"Nasaf" "Paxtakor"ga o'tib ketgan futbolchisini ortga qaytardi
02 fev 2020 22:45
Yangiliklar


"Nasaf" "Paxtakor"ga o'tib ketgan futbolchisini ortga qaytardi
Qarshiliklar o'tgan mavsumni "Andijon" safida o'tkazgan Dilshod Rahmatullaev bilan kelishuvga erishdi.
Klub rahbariyati Aziz G'aniev legionerga aylangach, jamoaning markaziy yarim himoyasini kuchaytirishga jiddiy etibor qaratmoqda. Markaziy yarim himoya chizig'iga "Nasaf"ning sobiq futbolchisi Dilshod Rahmatullaev qaytarildi. Klub futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Saytimizga malum qilinishicha, Rahmatullaev 5 fevral kuni "Nasaf" bilan Turkiyadagi yig'inga jo'nab ketadi.
Malumot uchun, Rahmatullaev 2016-2018 yillarda "Nasaf"da o'ynagan va 2018 yilda Toshkentning "Paxtakor" klubiga o'tib ketgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar