So’nggi yangiliklar

18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси (матнли трансляция)  12 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  21 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  38 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  26 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2 14:58"Арсенал" Саненинг атрофидаги вазиятни кузатмоқда  1 14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  31 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  3 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2

"Nasaf" ikki nafar futbolchiga jiddiy qiziqmoqda, lekin... Yangiliklar

"Nasaf" ikki nafar futbolchiga jiddiy qiziqmoqda, lekin...

Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish maqsadida hujumchi va tayanch yarim himoyachisi qidirmoqda.

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amovning malum qilishicha, Ro'ziqul Berdiev o'z jamoasida "Mashal"ning ikki nafar futbolchisi Humoyun Murtazoev hamda Sardor Abduraimovni ko'rmoqchi.

Bu borada "Nasaf" "Mashal"ga rasman taklif bilan ham chiqqan. Lekin "gazchilar" o'z futbolchilarini "Nasaf"ga qo'yib yuborishmoqchi emas.

Ro'ziqul Berdiev tayanch yarim himoyasidagi raqobatni Sardor Abduraimov bilan kuchaytirishni istamoqda. SHuningdek, "Nasaf" hujum chizig'idagi tanqislikni Humoyun Murtazoev bilan to'ldirmoqchi.

Qayd etib o'tish joiz, bunga qadar chap qanot himoyasidagi muammo sobiq futbolchi Saydullo Rahmatovni ortga qaytarish bilan bartaraf etilgandi. Berdiev aytib o'tgan yana ikkita chiziqqa esa hozircha futbolchilar kelgani yo'q.

"Nasaf"ning "Mashal" bilan olib borgan dastlabki muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. "Ajdarlar" bu ikki futbolchi bo'yicha yana qaytadan taklif bilan murojaat qilishmoqchi. "Mashal" esa Murtazoev va Abduraimovni Pro-ligada o'ynatmoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" jamoasi OCHL guruh bosqichidagi dastlabki turni 13 fevral kuni Tehronda "Persepolis"ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика