“Nasaf” futbol klubi vakillari internat maktabiga tashrif buyurishdi

Narzulla Saydullayev
1 iyun 2016, 16:34
Bugun mamlakatimiz bo'ylab bolajonlar bayrami keng nishonlanmoqda. “Nasaf” PFK rahbariyati ham ushbu Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini o'z e'tiboridan chetda qoldirmaydi.

Bugungi bolalar bayrami kuni munosabati bilan “Nasaf” PFK rahbariyatining tashabbusiga binoan Qarshi shahridagi ko'zi ojiz bolalar internat maktabi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olindi. Ushbu internat maktabi bilan “Nasaf” klubi o'rtasida doimiy aloqa o'rnatilgan bo'lib, internat tarbiyalanuvchilari uchun “Markaziy” stadionga ekskursiyalar, “Nasaf” futbol maktabiga tashriflar uyushtirilib turiladi. Bayramlarda esa ular holidan xabar olinadi.
 
Bugun ham shunday bo'ldi. Bir guruh “Nasaf” PFK xodimlari xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yana internatga tashrif buyurishdi. U yerda tarbiya olayotgan bolalar bilan qizg'in suhbat uyushtirildi va ularga klub tomonidan tayyorlangan sovg'a-salomlar topishirildi.
 
Bu tashrifdan internatdagi bolalar ham tarbiyachilar ham xursand bo'lishdi va o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz