So’nggi yangiliklar

11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  1 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  2 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  1 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4

“Nasaf” bugun ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi Yangiliklar

“Nasaf” bugun ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi

Teglar :  NasafPaxtakorObod
“Nasaf” jamoasi bugun Toshkentda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'rtoqlik uchrashuvlari “Paxtakor” va “Obod” jamoalari bilan bo'lib o'tdi.

“Paxtakor” jamoasi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvi 2:2 hisobida yakun topdi. Uchrashuvdagi "Nasaf" gollarini Ognen Krasich va Doniyor Narzullaev urishdi.

Ushbu uchrashuvda jamoa tarkibida bir qator yosh futbolchilar maydonda harakat qilishdi. Jumladan,  Jo'rabek Mannonov, Akbar Murodov, Navro'z Izatillaev va Akmal Olimov. Ular bugun juda yaxshi o'yin ko'rsatishdi.
 
Tushdan keyin “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida “Obod” jamoasi bilan bo'lgan o'rtoqlik uchrashuvida "Nasaf" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.  Bu uchrashuvdagi jamoa gollariga SHaxboz Erkinov, Dragan CHeran va Ildar Mamatkazin mualliflik qilishdi.
 
Ikkinchi nazorat uchrashuvida ham yuqorida nomlari tilga olingan yosh  futbolchilar qatorida Dilshod Xushbakov ham to'p tepdi.
 
SHunisi diqqatga sazovorki, klubimiz qoshidagi futbol maktabida etishib chiqqan yosh futbolchilar, bugungi uchrashuvda asosiy tarkib o'yinchilar bilan hamjihatlikda harakat qilishdi.
 
Jamoa o'yinchilariga bugun qisqa muddatli dam olish elon qilindi. Endi “Nasaf” jamoasi 14 noyabr kuni Qarshi shahridagi o'z qarorgohida to'liq yig'iladi.
 
"Nasaf" shu kundan, 18 noyabr kuni “So'g'diyona” jamoasi bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarliklarni davom ettiradi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика