“Napoli” prezidenti: “Insineni 200 million evroga sotiladi”
12 sen 2018 01:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/452970_original.jpg)
![](/upload/storage/452970_220.jpg)
“Napoli” prezidenti: “Insineni 200 million evroga sotiladi”
“Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis jamoasi hujumchisi Lorenso Insinening transfer summasi haqida gapirdi.
“Uning shartnomasida ramziy manoda tovon puli belgilangan. Biz Rayolo bilan kelishib oldik: agar klubga 200 million evrolik taklif tushsa, ushanda hujumchi bilan xayrlashishimiz mumkin. Bu rasmiy emas, og'zaki kelishuv. 200 million evro, tushunarli a?” deya De Laurentisning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Corrierre dello Sport.
“Napoli” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Insine 2009 yilda jamoa tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazgan. Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi Italiya A seriyasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi. O'tgan yilgi kumush medal sohibi “Napoli” futbolchilari ayni paytda olti ochko bilan A seriya turnir jadvalida beshinchi pog'onani band etishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar