"Napoli" futbolchisi Rim klubiga o'tishga yaqin
06 may 2020 11:46
Yangiliklar


"Napoli" futbolchisi Rim klubiga o'tishga yaqin
"Napoli" himoyachisi Elseid Xyusay yozgi transferlar oynasida klubdan ketadi.
25 yoshli albaniyalik futbolchiga o'tgan yili ham u bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan "Roma" klubi raqobat qilmoqda. "Napoli" o'tgan yili Rim klubi bilan muzokara olib borishdan ham bosh tortgan edi. Xyusay yozda aynan "Roma"ga o'tishga yaqin turibdi.
Eslatib o'tamiz, neapolliklar himoyachisiga shuningdek "Yuventus" va "CHelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Albaniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar