So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  1 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Namanganda o'ziga xos futbol shousi Yangiliklar

Namanganda o'ziga xos futbol shousi

Teglar :  Namangan
“Millionlar o'yini” bo'lmish futbolning maftunkor sehri bo'lakcha. Aynan futbol tufayli bir-birini tanimaydigan kishilar do'stga aylanadilar.
Qisqa qilib aytganda, futbol barchani birlashtiradigan kuchdir. Namangan viloyatida istiqomat qilayotgan faxriylar va Farg'ona viloyati faxriylari ham futbol orqali bir-bilari bilan tanishdilar va bugungi kunda chinakam do'stga aylandilar. Hozirgi kunga kelib ular o'rtasidagi munosabatga barcha havas qiladi. Ular xuddi aka-ukadek qadrdon bo'lib ketishgan.

Mana uch yildirki, ular o'zaro to'planib, futbol turnirini tashkil etishadi. Bu orqali ularning do'stliklari yanada mustahkamlanadi. Faxriylarning navbatdagi uchrashuvlari

Namanganda bo'lib o'tdi. Aniqrog'i, Namanganda o'ziga xos futbol shousi o'tkazildi.

Farg'onalik faxriylarning bu safargi tashriflari o'zgacha bo'ldi. Mehmonlarni kutib olish marosimi Namangandagi “Navbahor” stadionida tashkil etildi.
SHundan keyin barcha farxiylar birlashib, Uychi tumanida yashovchi maydondagi do'stlari Abdusamat Otaxonov xonadoniga tashrif buyurishdi. Abdusamat aka yaqinda musulmonlarning beshinchi farzi bo'lmish – Muborak Xaj safarida bo'ldilar va xaj ibodatini ado etib qaytdilar. Futbol shousi Abdusamat Otaxonovni ziyorat qilish bilan boshlandi.

Namanganlik va rishtonlik faxriylarning keyingi manzili – “Navqiron” jamoasining sobiq azosi Fazliddin Bahromovning xonadoni bo'ldi. Bundan bir yil oldin Fazliddin aka faxriylar safida maydonda to'p surar edilar. Ammo beshafqat o'lim u kishining oramizdan erta olib ketdi.  Musobaqa ishtirokchilari Fazliddin akani yodga olib, u kishining haqiga duolar o'qishdi.

SHundan keyin barcha bir dasturxon atrofiga yig'ildi. Yig'ilganlarga sobiq futbolchi Anvar Boqiev o'zining xotralarni so'zlab berdi. Anvar Boqievni farg'onalik katta stajga ega bo'lgan futbol muxlislari yaxshi tanishadi. Anvar aka bir paytlar “Neftyanik” klubida to'p surgan. Faxriy futbolchi o'zining farg'onada o'tgan yillarni maroq bilan yodga oldi.

Ertasiga farxriylar Uychi tumanida Kosonsoy tumani sari yo'l otlandilar. Futbol o'yinlari aynan Kosonsoy tumanida bo'lib o'tdi.
Bu galgi turnirda ham to'rtta jamoa ishtirok etdi. Bular, “Navqiron”, “Xotira-79”, “Kosonsoy” va “Rishton” faxriylar jamoasi. Ushbu jamoalar Kosonsoyda g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Dastlab “Kosonsoy” va “Rishton” faxriylari maydonga tushishdi. Ushbu o'yin gollarga boy tarzda o'tib, 9:7 hisobida rishtonliklarning g'alabasi bilan yakun topdi.
Ikkinchi juftlikda “Navqiron” va “Xotira-79” o'zaro kuch sinashdi. O'yinda raqibdan har tamonlama ustun kelgan “Navqiron” faxriylari 5:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Xotira-79”  va “Kosonsoy” jamoalari o'rtasidagi uchinchi o'rin uchun kechgan bahs ham qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. O'yining asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad kosonsoyliklarga kulib boqdi – 3:2.

“Navqiron” faxriylari esa finalda “Rishton” tumanidan tashrif buyurgan faxriylarni 4:1 hisobida dog'da qoldirib, bosh sovrin egasiga aylanishdi.

60 yoshdan oshgan va ayni damda keksalik gashtini surayotgan faxriylar ishtirokidagi futbol shousi yuqori darajada tashkil etilganini takidlash joiz. Faxriylarning maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Musobaqa qatnashchilari uylarini xursand holda qaytishdi. Faxriylar o'rtasida o'tkazilgan ushbu futbol shousi barchada birdek yoqimli taassurot qoldirganini ham takidlash joiz.

Mana shunday shouni yuqori darajada tashkil etgan Hamidxon Mo'ydinxo'jaev va Mamadali Mo'minovlarga ishtirokchilar nomidan o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.

Abror Dehqonov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика