So’nggi yangiliklar

13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  3 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  2 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  6

Muslimbek Saidboev: "Menga natija umuman muhim emas" Yangiliklar

Muslimbek Saidboev: "Menga natija umuman muhim emas"

O'zbekiston kubogi 1-turi doirasida "Lokomotiv" maydonidagi yirik mag'lubiyatdan keyin "Namangan FA" murabbiyi Muslimbek Saidboev fikrlarini bildirdi.


- Bugun ajoyib o'yin o'tkazdik. Chunki tarkibimiz 17-18-19 yoshli yigitlardan iborat hisoblanadi. Asosiy maqsadimiz natija emas: O'zbekiston terma jamoalari va viloyatimiz bosh jamoasiga futbolchilar etkazib berish. Shu maqsad bo'yicha biz natijaga qaramasdan ishlashda davom etyapmiz.

- "Lokomotiv" fonida jamoangiz qanday ko'rindi?

- "Lokomotiv" azaldan O'zbekistonning brend jamoalaridan biri hisoblanadi. Klub asta-sekinlik bilan yana shunday bo'lishga harakat qilmoqda. Jamoam yomon ko'rinmadi.

- Guruhdagi "Bunyodkor" va "Buxoro" haqida fikrlaringiz qanday?

- Ular Superliga jamoalari hisoblanadi. Bizni xursand qiladigani shundaki, guruhdagi barcha raqiblarimiz juda yaxshi jamoalar. Shunday futbolchilarga qarshi o'ynash yosh futbolchilar uchun orzu. Keyinchalik o'z kumirlariga qarshi o'ynashadi. Ushbu futbolchilardan o'rnak olib, zinama-zina ko'tarilib borishadi. Bunday o'yinlar biz uchun juda katta tajriba sifatida xizmat qiladi. Menga natija umuman muhim emas, maqsadim futbolchilar etishtirib chiqarish.

- Birinchi ligadagi maqsad qanday?

- O'tgan yili Birinchi ligada 7-o'rinni qo'lga kiritdik. Bu yil esa natijani yaxshilashni niyat qilganmiz. Tarkibda o'tgan mavsumdagi o'zakni saqlab qolganmiz. Tarkib yuz foiz akademiyamiz tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. O'tgan yildan yuqoriroq bo'lishga harakat qilamiz.

- "Lokomotiv" bugun qanday tarkibda o'ynashini kutgandingiz: tajribali futbolchilardan iborat jamoanimi yoki yosh futbolchilar aralashtirilgan asosiy tarkibnimi?

- Bugungidek asosiy tarkibni. Sababi o'zim shogirdlarimning shunday futbolchilarga qarshi o'ynashini havas qilaman. Chunki ular ushbu futbolchilarga qarab nimalardir oladi, intiladi va motivaciya oladi. Tajribasidan kelib chiqib, ularga o'xshashga harakat qiladi. Yoshlar tarkibi tushganida biz kutgandek tajriba bo'lmasdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика