So’nggi yangiliklar

22:11"Арсенал" логотипини ўзгартиради  1 21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  3 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  6 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  18 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2

"Namanganda o'sish o'zimga bog'liq. Bu haqida o'ylaganim ham yo'q yoxud "Navbahor" stadionidagi muhit muxlislarga berilgan tarif" - Farruh Ikromov Yangiliklar

"Namanganda o'sish o'zimga bog'liq. Bu haqida o'ylaganim ham yo'q yoxud "Navbahor" stadionidagi muhit muxlislarga berilgan tarif" - Farruh Ikromov

Biroz oldin "Navbahor" klubi matbuot xizmati vinger Farruh Ikromovning transferini rasman elon qildi.

Ikromov katta futbolga "Bunyodkor"da kirib keldi va bir necha yil shu klub sharafini munosib himoya qildi. Endilikda futbolchi uchun yangi davr boshlanmoqda. U faoliyatida ilk bor jamoasini o'zgartirdi. Xo'sh, namanganliklarning taklifi qachon bo'ldi? Bu uning o'sishi uchun foydami? SHu va boshqa savollar bilan Farruh Ikromovga yuzlandik. 

Rasman: Farruh Ikromov – "Navbahor" futbolchisi!

- "Navbahor"ga o'tish jarayoni qanday yuz berdi? Muzokaralar mavsum yakunlangach boshlandimi yoki avvalroqmi?

- Mavsum yakunlanganidan so'ng "Navbahor" klubidan taklif bo'ldi. Klub bilan kelishgan holda shartnoma imzoladik. Yakunda "lochinlar" azosiga aylandim. Bor gap shu. 

- Bu jamoa faoliyatingizda qanchalik o'sish uchun xizmat qiladi? "Navbahor" burilish yasaydigan klubmi?

- Avvalo o'sishga erishishim o'zimga bog'liq, deb o'ylayman. "Navbahor"da kuchli futbolchilar etarlicha. Ular bilan faqat oldinga qarab intilish va yanada qo'shib borish kerak. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi. 

- "Bunyodkor"dan kelib qo'shildingiz. Misol tariqasida sobiq jamoadoshingiz Nurillo To'xtasinov uchun o'tgan mavsum Namanganda omadsiz o'tdi. SHu faktorni hisobga olib, sizda ikkilanish bo'lmadimi?

- Savol bermasingizdan oldin buni o'ylamadim ham. "Navbahor"ga o'tayotganda hech qanday ishonchsizlik yoki ikkilanishlar yuzaga kelgani yo'q. Nurillo To'xtasinov yaxshi futbolchi. Yangi jamoasida faqat omad tilayman.  

- Bilishimizga qaraganda oldingi yillarda sizda legionerga aylanish imkoniyati bor edi. Orada jarohat sabab bir yildan oshiq tanaffus qildingiz. Balki "Navbahor"ning xalqaro maydonda qatnashishi yana xorij eshiklarini ochar?

- Nima bo'lib o'tganiga qaramay hammasi yaxshilikka, deb o'ylayman. Har bir ishda qandaydir hikmat bor. Men hozir o'zimni ko'rsatib, jamoam uchun foyda keltirish niyatidaman. Agarda shu vazifani bajara olsam, keyingi maqsad xorijga yo'l olish bo'ladi. 

-  Oldingizda "Paxtakor" varianti ham turgandi. "Paxtakor" "Navbahor"dan farqli ravishda pley-off da emas, guruh bosqichida o'ynaydi. Bunga fikringiz qanday?

- "Paxtakor"dan taklif bor edi. Lekin "Navbahor" ko'proq o'zida ko'rishni xohladi. O'ylaymanki, jamoa bilan yuksak marralarni zabt etamiz. 

- "Navbahor" muxlislari har bir o'yinda stadionda ajoyib muhit hosil qilishadi. Ularga qanday tarif berasiz?

- Aytganingizdek, ular maydonda yaratadigan atmosferaning o'zi tarif hisoblanadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика