So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

Namanganda Ganani mag'lub etdik yoxud Vadim Abramov muhim deb hisoblamagan o'yin haqida (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Namanganda Ganani mag'lub etdik yoxud Vadim Abramov muhim deb hisoblamagan o'yin haqida (Bekzod Tolibov blogi)

O'zbekiston - Gana. Kecha Namangan shahridagi "Markaziy" stadionda ikki davlat terma jamoalari o'rtasida xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu o'yinga milliy terma jamoamiz fan klubi vakillari hamda mahalliy muxlislarning tayyorgarligi alo darajada ekanligi yaqqol ko'zga tashlandi. Ayniqsa, "Markaziy" stadionda davlatimiz madhiyasi yangrayotgan vaqtda bayrog'imizning performans shaklda namoyish etilganligi, o'yin yakunida har ikki jamoa vakillari va muxlislar ishtirokidagi "xuk" barchamizni birdek to'lqinlantirib yubordi.

Endi bevosita o'yin haqida gaplashsak. Kechagi uchrashuvdan so'ng hali kamchiliklarimiz ko'p ekanligi ko'rinib qoldi. Ishlaydigan, o'ylaydigan va kuchaytirilishi lozim bo'lgan chiziqlarimiz bor ekan. Gana davlatining aytish joiz bo'lsa ikkinchi (balki uchinchi) tarkibi bilan o'tkazilgan bahs terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning zimmasiga yanada ko'proq vazifalarni yuklaydi.



CHIZIQLAR BO'YICHA

Keling, kecha O'zbekiston MTJ bugun namoyish etgan o'yinidan kelib chiziqlar bo'yicha tahlil qilamiz. Darvozada boshlang'ich tarkibda Javohir Ilyosov tushirildi. Nega Abduvohid Nematov emas deyishga shoshilmaymiz. CHunki rotaciya ham kerak. Har doim Nematovga ishonib qolish ham noto'g'ri, albatta raqobat bo'lishi kerak. Ilyosovga kechagi o'yin oldidan murabbiylar shtabi xotirjamlikni saqlash bo'yicha ko'rsatma berishgani ko'rinib turibdi. Javohir uchrashuv davomida xotirjamlikni saqladi, bazida esa bir oz oshirib yubordi. Biz buni kamchilik deb baholaymiz. Fikrimcha, darvozamizga urilgan gol, posbonning himoyachilarga yo'llagan noqulay uzatmalari aynan oshirib yuborilgan xotirjamlik evaziga yuzaga keldi. Rasmiy o'yinlarda bunday xolat pand berishi aniq. Bu o'rinda xatto mumkin deb yozish ham noto'g'ri bo'lardi, aniq pand beradi.

Himoyachilar haqida nima deyish mumkin? Albatta ularning harakatlari ko'ngildagidek emas. Raqib uzun paslar evaziga o'ynaganda himoyachilarimizga masuliyat va sovuqqonlik etishmayapti. To'p sherigiga uzatilib jamoamizning navbatdagi hujumini boshlash o'rniga maydon tashqarisiga tepib yuborilgan vaziyatlar ko'p bo'ldi.To'p qadri bo'lishi kerak nazarimda. Maydon tashqarisiga chiqarib yuborib vaziyatni yakunlangani bir jihatdan yaxshidir, balki shu bilan raqibning xavfli hujumi oldi olinar. Lekin tabiiy xolda to'p raqibga o'tib ketadi. Dadillik va ishonch kerak. Rasmiy o'yinlarda esa bunday harakat evaziga jazolanish mumkin.



Yarim himoyachilarga ham etirozlar yo'q emas. O'yinni takroran ko'rib o'z harakatlarini tahlil qilishar. Lekin deyarli har bir uzatma o'tayotgan, raqib unchalik ham jiddiy qarshilik qila olmayotgan o'yinda hujumchilarga o'yindan tashqari xolatda pas berilgan vaziyatlar ham bo'ldi. Bundan tashqari hujumchilar va yarim himoyachilar o'rtasida bog'liqlik borasida hali ancha ishimiz bor ekan. Jamoaviy o'yinda, futbolchilar bir-birlarini o'zaro tushunishlarida gap katta. Mana shuning uchun bizga kechagi kabi nazorat o'yinlari juda ham zarur.

Hujumchilarga esa etirozlar jiddiy. Birinchi bo'lim davomida yuzaga kelgan imkoniyatlarning hech bo'lmasa yarmidan foydalanganimizda kamida 4:0 hisobi bilan tanaffusga chiqardik. Vaziyatlarni yakunlashda sovuqqonlikning etishmasligi, to'pni qizg'anish kabi omillarning mavjudligi terma jamoamizni g'alabalar tomon etaklamaydi. Aksincha yuqorida aytganimdek, rasmiy o'yinlarda bu kabi "biri bo'lmasa ikkinchisi" qabilida ketma-ket qulay imkoniyatlar bo'lmaydi. Ana unda yarimta imkoniyatdan ham gol urishimiz shart bo'ladi.




O'YIN HAQIDA

O'yinning umumiy tahlili haqida aytadigan bo'lsak, 3-daqiqadayoq Otabek SHukurovning tezkor goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldik. 11-daqiqada to'p raqib himoyachisining qo'liga tekkan deb hisoblagan hakam darvozaga yaqin masofadan jarima to'pi belgiladi. Sardor Rashidovning jarimadan o'tkir burchakka yo'llagan zarbasini ganaliklar posboni qaytarishga erishdi. Bir oz o'tib jamoamizning birinchi goliga ajoyib uzatma bergan Oston O'runovning o'zida ham yuzaga kelgan qulay vaziyatni golga aylantira olmadi, uning zarbasi noaniq chiqdi. Raqibning kuchsiz o'yini sabab Jaloliddin Masharipovning chap qanotdan yo'llagan uzatmasi barchadan o'tib ketib Farrux Sayfievga kelib tushdi, yaqin masofadan yo'llangan zarba noaniq.

Z5-daqiqada Eldor SHomurodov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi, darvozabon to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu vaziyatda u raqib jarima maydoni ichida juda qulay vaziyatda turgan Sardor Rashidovga to'pni uzatishga jazm qilmadi, balki ko'rmay qolgandir. 43-daqiqada esa Sardor Rashidovning qanotdan etkazib bergan to'pini SHomurodov golga aylantira olmadi. Rasmiy o'yinlarda bugungi kabi har bir uzatmalar yo'llangan manzilga etib boravermaydi, Gana terma jamoasi bunga ko'p xolatlarda yo'l qo'yib berdi.Birinchi bo'lim Otabek SHukurovning yagona goli evaziga terma jamoamizning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.



Ikkinchi bo'limda Gana terma jamoasida ham faolliklar ko'zga tashlana boshladi. Xususan 50-daqiqada kechagi o'yinda himoyachilarimizga tom manoda "bosh og'rig'i" bo'lgan Abdul Fatavuning jarimadan yo'llagan zarbasini Ilyosov qaytarishga urindi, to'pga uning qo'li tegib yakunda darvoza ustuniga tegdi. 59-daqiqada terma jamoamiz murabbiylar shtabi Sardor Rashidov o'rniga Oybek Bozorovni o'yinga tashladi. Uchrashuv davomida qayd etilgan boshqa o'zgarishlar haqida etirozlar yo'qkuya, lekin Bozorovning maydonga tushgani o'yinimizni kuchaytirmadi. Negadir kecha Oybek o'ziga o'xshamadi. 57-daqiqada yana o'sha Fatavu hisobni tenglashtirib qo'yishi mumkin edi, uning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi bir oz noaniq chiqdi. Qiziq, siz ham etibor berdingizmi, golni Otabek SHukurovning uzoq masofadan yo'llagan aniq zarbasi evaziga urdik. Nega endi keyingi vaziyatlarda har gal raqib jarima maydoni ichiga yorib kirishga urinaverdik? Axir raqib biz hujumga o'tgan vaqtda chuqur himoyalanayotgani ko'rinib turgandiku! Hartugul 64-daqiqaga kelib biz ganaliklar darvozasiga jarima maydoni tashqarisidan zarba berishni boshladik. Dastlab Otabek SHukurov, keyinroq Farrux Sayfievlar uzoq masofalardan raqib darvozasi tomon zarba yo'llashga muvaffaq bo'ldilar. 72-daqiqaga kelib kechagi bahsda darvozamiz tomon eng ko'p xavf solgan o'sha Abdul Fatavu baribir o'z maqsadiga erishdi. Uning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasi Javohir Ilyosov darvozasidan joy oldi - 1:1. 76-daqiqada Jaloliddin Masharipov raqib xatosidan so'ng chaqqonlik bilan to'pni egallab olib g'alaba golini kiritdi - 2:1.

SHu tariqa unchalik ham kuchli o'yin ko'rsatmagan Gana terma jamoasining ikkinchi tarkibini qiyinchilik bilan mag'lub etdik. Agar Masharipov individual harakatlari evaziga raqib darvozasini ishg'ol etmaganda o'yin duranga qarab ketayotgan edi.




Uchrashuv avvalida terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov "Sport" telekanaliga bergan intervyusida bugungi o'yin muhim ahamiyatga ega emasligini aytib o'tdi. Qiziq holat. Muxlis uchun milliy terma jamoa ishtirokidagi har bir uchrashuv muhim hisoblanadi. Balki chindan muhim o'yinlar hali oldindadir. Vadim Karlenovich Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan saralash bahslarini nazarda tutib kechagi o'yinga shunday tarif bergandir. Har holda u sizu-bizdan ko'ra yaxshiroq biladi.

Milliy terma jamoamizga hamisha omad yor bo'lsin! Aynan ular bizga 2022 yili Qatarda bo'lib o'tadigan mundial yo'llanmasini taqdim etishlariga ishonamiz!


O'rtoqlik uchrashuvi
O'ZBEKISTON - GANA - 2:1
26 mart 2021 yil. Namangan. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar:
Dayirbek Abdildaev, Sergey Grishchenko, Ismoilxon Tolipjonov, Nurzutbek Askat o'g'li (barchasi Qirg'iziston).
Nazoratchi: Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston). 

Gollar: Otabek SHukurov 4, - 1:0. Issaku Abdul Fatavu 72, - 1:1. Jaloliddin Masharipov 76, - 2:1.

O'zbekiston: 1.Javohir Ilyosov, 3.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 4.Farruh Sayfiev (15.Murod Xolmuhammedov, 82), 5.Anzur Ismoilov, 21.Azim Ahmedov, 9.Odiljon Hamrobekov (20.Islom To'xtaxo'jaev, 88), 19.Otabek SHukurov, 16.Oston O'runov (22.Javohir Sidiqov, 69), 10.Jaloliddin Masharipov (23.Hojimat Erkinov, 86), 7.Sardor Rashidov (8.Oybek Bozorov, 59), 14.Eldor SHomurodov (11.Igor Sergeev, 84).
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 13.Sanjar Qodirqulov, 18.Sanjar SHoahmedov, .

Gana B: 16.Jozef Addo, 2.Yiadom Konadou, 3.Kristofer Nettey, 6.Muhammad Al Hassan, 10.Diavusie Teylor (5.Daniel Afriye Kuaye, 63), 11.Moro Salifu, 12.Michel Otou (19.Persius Boa, 82), 13.Rashid Nortey (8.Agyenim Boateng, 65), 14.Samuel Abbey Kuaye, 17.Kvame Peprah (7.Maksvel Abbey Kuaye, 86), 18.Issaku Abdul Fatavu.
Zaxira: 1.Uilyam Emmanuel Essu, 20.Richard Attah, 4.Dennis Nkrumah Korsah, . 

Ogohlantirishlar: Samuel Abbey Kuaye 56.





Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика