Nagelsmann go'shtli mahsulotlardan voz kechganini malum qildi
03 apr 2022 12:52
Yangiliklar
Nagelsmann go'shtli mahsulotlardan voz kechganini malum qildi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann go'shtli maxsulotlarni istemol qilmayotganiga bir oydan oshganini aytib o'tdi.
"Men uchun asosiy sabablardan biri - hayvonot olamidan zavq olish. Ularning hayotdagi harakatlarini ko'rish yoqadi.
Ikkinchi asosiy sabab esa - atrofdagi olamni himoyalash. Men uchun balki bu eng muhimrog'idir. SHu sababli men go'sht mahsulotlarini istemol qilmay qo'ydim", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ushbu mavsumda "Bavariya" Nagelsmann qo'l ostida Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar